Maqolada innovatsion klasterlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni hamda innovatsion ekotizim samaradorligini oshirish omillari tahlil qilinadi. Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yuqori texnologiyali tarmoqlarda klaster modellarini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yoritiladi.
Ushbu maqolada mintaqaviy investitsiya-innovatsion jarayonlarning iqtisodiy mohiyati, ularning tarkibiy elementlari, rivojlanish mexanizmlari hamda hududlar darajasida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiya faoliyati bilan innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi, mintaqalar iqtisodiy salohiyatiga ta’siri, infratuzilma, institutsional muhit va boshqaruv mexanizmlarining jarayon samaradorligidagi o‘rni yoritilgan. Mintaqaviy farqlar, resurslar taqsimoti, klasterlash jarayonlari hamda davlat-xususiy sheriklikning yangi shakllari asosida mintaqaviy investitsiya-innovatsion tizimning asosiy tamoyillari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari hududlar raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion rivojlanish strategiyalarini shakllantirish va investitsion siyosatni takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida innovatsion loyihalarni boshqarish amaliyotining joriy holati tahlil qilinadi. Ish davomida yirik sanoat subyektlari UzAuto Motors, Almalyk KMK, Navoiy KMK, O‘zbekneftgaz va Uzkimyosanoat misolida texnologik yangilanish jarayonlari, innovatsion boshqaruv tizimlari hamda ularning samaradorlik omillari o‘rganildi. Tadqiqotda statistik, taqqoslama va kontent tahlil usullari qo‘llanilib, korxonalar darajasida innovatsion boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Mazkur tadqiqotda davlat sektorida ichki audit tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribalar o‘rganilgan. Xususan, audit faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish, texnologik integratsiyaning roli hamda auditorlarning mustaqilligini kafolatlovchi omillar tahlil qilingan. Malayziya, Janubiy Afrika, Germaniya va boshqa davlatlardagi amaliy tajribalar misolida ichki audit samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar va ularning natijalari ko‘rsatib berilgan. Shu asosda O‘zbekistonda ichki audit tizimini takomillashtirish uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy izlanish davlat boshqaruvida oshkoralik, moliyaviy intizom va resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tijorat banklari mahsulotlari, yangi texnologiyalar va iqtisodiy oʻzgarishlarga moslashgan holda doimiy ravishda rivojlanmoqda. Ushbu maqola banklarning mahsulotlariga taʼsir qiladigan ichki va tashqi omillarni tahlil qiladi. Anʼanaviy, innovatsion (raqamli) va yashil kredit mahsulotlari orasidagi asosiy farqlarni koʻrsatib, har bir turdagi mahsulotning xususiyatlari va maqsadlari haqida soʻz yuritiladi. Shuningdek, maqola tijorat banklarining mahsulotlarining samaradorligini oshirish, raqobatdoshligini kuchaytirish va mijozlarga yaxshiroq xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan strategik takliflarni keltiradi.
Mаzkur mаqоlаdа оliy tа’lim muаssаsаlаridа mоliyаviy mustаqillikni tа’minlаshning ilmiy-nаzаriy аsоslаri, аmаliy аhаmiyаti vа rivоjlаnish tеndеnsiyаlаri о‘rgаnilаdi. Mоliyаviy mustаqillik sifаtidа - univеrsitеtlаrning rеsurslаr bilаn еrkin bоshqаruv qilish qоbiliyаti, strаtеgik qаrоrlаr qаbul qilishdа mustаqillik, mоliyаlаsh mаnbаlаrini divеrsifikаtsiyа qilish vа tа’lim sifаti, innоvаtsiоn fаоliyаt hаmdа sаmаrаdоrlikni оshirishning аsоsiy оmillаridаn biri sifаtidа qаrаlаdi. Milliy tа’lim tizimidа mоliyаviy mustаqillikkа о‘tishdаgi tо‘siqlаr - qоnunchilik kаmchiliklаri, mоliyаviy sаvоdхоnlik yеtishmаsligi, хususiy sеktоr bilаn hаmkоrlikning zаifligi kаbi оmillаr chuqur tаhlil qilingаn. Shuningdеk, О‘zbеkistоn оliy tа’lim muаssаsаlаri uchun bоsqichmа-bоsqich mоliyаviy mustаqillik mоdеlini jоriy еtish, kаdrlаr sаlоhiyаtini оshirish, grаnt vа invеstitsiyа rеsurslаrini fаоl jаlb qilish bо‘yichа ilmiy vа аmаliy tаvsiyаlаr ishlаb chiqilgаn.
Ushbu maqolada korxonaning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish va baholash usullari, uning samaradorligini oshirish omillari o‘rganilgan. Iqtisodiy salohiyatning asosiy ko‘rsatkichlari, korxona faoliyatining raqobatbardoshligini ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar, samaradorlik mezonlari asosida baholash metodlari keltirilgan va ularning amaliy qo‘llanilishi haqida fikrlar berilgan.
Ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishni oʻrganish va undan samarali foydalanish yoʻllarini hamda unga ta'sir etuvchi omillarni hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari,raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini loyihalashda va ushbu tizimlarni tashkil etishda bir qator kamchiliklari, raqamlashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu sohadagi butun jahon hamjamiyati tamoyillari koʻrsatib oʻtilgan.
Мақолада қайта тикланадиган энергия манбаларини ривожлантириш, мамлакатимизда нефть-газ корхоналарини бошқаришни такомиллаштириш ва шу тариқа тармоқ корхоналарининг иқтисодий самарадорлигини ошириш масалалари тадқиқ қилинган.