Keyingi yillarda dunyo mamlakatlari qisqa va uzoq muddatli budjet-soliq siyosatiga oid strategiyasini ishlab chiqishda soliq to‘lovchilar tomonidan soliqdan qochish holatlari oldini olish va uni kamaytirishning turli xil mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor bermoqda. Shu bilan birgalikda noqonuniy moliyaviy oqimlarni kamaytirish, soliq to‘lovchilar tomonidan soliqdan qochish holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish orqali soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayonlarining ilmiy-nazariy jihatlariga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, sohalar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Ushbu maqolada tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich qisqartirish, imtiyozlar va preferensiyalar berish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, qonunchilikni tartibga solish tizimini qisqartirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga salbiy ta’sirni yanada kamaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. xo'jalik yurituvchi sub'ektlar zimmasiga yuklash va soliq ma'muriyatchiligini amalga oshirish va respublika soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to'lovchilarning o'zaro hamkorligini tubdan yaxshilash.
Investitsion jarayonlarda interaktiv geoaxborot xaritalarini yaratish xorijiy tajribada samarali qo‘llanilib, sarmoyadorlar uchun muhim ma’lumotlarni ochiq taqdim etishga xizmat qiladi. Misrning sanoat investitsiyalari xaritasi bu borada yaxshi namuna bo‘lib, sarmoyadorlarga infratuzilma, resurslar va sanoat zonalari haqida real vaqt rejimida ma'lumot beradi. Bu usul investitsiya qarorlarini samarali qabul qilish va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. O‘zbekiston ham bu yondashuvni tatbiq etishi mumkin.
Bugungi kunda soliq ma’muriyatchiligi doirasida soliqlar tuzilmasini optimallashtirish, ularni undirish, soliq hisobi va hisobotini yuritish mexanizmini takomillashtirish, soliq to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi, soliq to‘lovchilarning soliq qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etishini nazorat qilish, soliq tushumlarini turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, natijalarni yig‘ish va tahlil qilish, soliqqa tortish jarayonining barcha ishtirokchilarining soliq munosabatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, 2023-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida soliq ma’murchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish hamda soliq tizimida amalga oshirilayotgan ayrim muhim islohotlar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.