Ushbu maqolada investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlarining roli va uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Hozirgi kunda banklar investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda asosiy moliyaviy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq moliyaviy tizimdagi turli muammolar, risklarni baholashdagi qiyinchiliklar, garovga bo‘lgan talabning yuqoriligi va uzoq muddatli resurslar yetishmasligi bank kreditlaridan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Maqolada investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha o‘zgarishi, bank kreditlarining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratish dinamikasi va tadbirkorlik faoliyatiga ajratilgan kreditlar ulushi solishtirma jadvallar orqali tahlillar olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bank kreditlarining investitsiya jarayonidagi ishtirokini kengaytirish va investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlarining rolini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kreditlashning jahon tajribasi hamda uning nazariy-amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda rivojlangan davlatlarda investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning asosiy mexanizmlari, jumladan, bank kreditlari, loyiha moliyalashtirishi (project financing), davlat-xususiy sheriklik va xalqaro moliya institutlari ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, investitsiya jarayonlarida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, risklarni diversifikatsiya qilish va investitsiya muhitini yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlari ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada AQSh, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasi asosida investitsiya samaradorligini oshirish, moliyaviy risklarni kamaytirish hamda Uzbekistanda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan