Mazkur maqolada ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) yondashuvi asosida investitsiyalarni moliyaviy boshqarish metodologiyasini takomillashtirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqotda ESG ekotizimini shakllantiruvchi milliy institutsional asoslar, ESG va ISO 37001 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini integratsiyalashgan takomillashtirilgan model, O’zbekiston va xalqaro yirik korxonalarning ESG reytinglari asosidagi moliyaviy afzalliklari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, ESG tamoyillarini investitsiyalarni moliyaviy boshqarish amaliyotiga joriy etishdagi mavjud muammolar va institutsional cheklovlar chuqur yoritilgan hamda ularni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida qurilish materiallari sanoati rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinib, ishlab chiqarish jarayonlarini sifat menejmenti tamoyillari asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Sifat menejmenti tizimlarini joriy etishda xalqaro ISO 9001:2015 standartining ahamiyati, uning iqtisodiy samaradorlik va raqobatbardoshlikka ta’siri ilmiy asoslangan. 2018-2024 yillar davomida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari, eksport ko‘rsatkichlari va ISO standartlariga ega korxonalar ulushi bo‘yicha tahliliy jadvallar shakllantirilib, ularning o‘zgarish dinamikasi ochib berilgan. Shuningdek, sifat menejmenti tizimini joriy etish natijasida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi, energiya tejamkorligi va mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining o‘sishi aniqlangan.
Ushbu maqolada “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarga xalqaro standartlarning joriy etilish holati va sifat menejmenti tizimining nazariy asoslari tadqiq etildi. Shuningdek toʻqimachilik mahsulotlarining eksport hajmi dinamikasi va FHI % yoritilgan.