Mazkur maqolada O‘zbekiston eksport diversifikatsiyasining joriy holati va uni innovatsiyalar orqali rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda eksport diversifikatsiyasi indekslari, “Revealed Comparative Advantage” (RCA) va “Product Space” metodologiyalaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari O‘zbekiston eksportida an’anaviy mahsulotlar ustunligini saqlab qolayotganini, biroq innovatsion rivojlanish, inson kapitali va ishlab chiqarish salohiyatini kuchaytirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarga o‘tish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari eksport siyosatini takomillashtirish va innovatsiyalar asosida tarkibiy transformatsiyani jadallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi
Ushbu ilmiy maqolada raqobat va eksport tushunchasi, ularning bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi muhokama qilinadi. Iqtisodiy raqobatbardoshlikni ta’minlashda unga ta’sir etuvchi omillar hamda uning mamlakat milliy iqtisodiyotida tutgan o‘rni, eksport samaradorligining raqobatga ta’siri hamda raqobatning amaliy va nazariy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada iqtisodiyotda raqobat va eksport tizimining bir-biriga bog‘liq jihatlari nazariy yondashuvlar asosida o‘rganilgan
To'qimachilik sanoati mahsulotlari yuqori qo'shilgan qiymat darajasiga ega, valyuta tushumi uchun qulay, mamlakat byudjetining daromad qismini shakllantiradigan hamda ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish manbalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ushbu sanoat tarmog’i aholini ish joy va daromad bilan ta'minlashda ham muhim o'rin tutadi. Shunga ko'ra, to'qimachilik sanoatining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o'rnini e'tiborga olgan holda soha ko'rsatkichlarini tahlil etish asosida undagi majud, ammo foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash zarur hisoblanadi.