• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OLIY TA’LIM PEDAGOGLARINING KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Jahongir Qosimov

Bugungi kunda ta’limning raqamli ekotizimi shakllanib borayotgan sharoitda pedagoglarning kasbiy faoliyatini ishonchli va obyektiv baholashni ta’minlaydigan innovatsion diagnostika mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy faoliyatini baholashning multimodal diagnostik modeli nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli va raqamli pedagogika yondashuvlari integratsiyasi asosida baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari, elektron portfolio, ta’limni boshqarish tizimlari (LMS), videodarslar tahlili va raqamli faoliyat izlari asosida pedagoglarning kasbiy rivojlanishini kompleks monitoring qilish imkoniyatlari yoritildi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “MuhandislikWeb” axborot tizimi va “Muhandislar hisobi” moduli baholash jarayonini avtomatlashtirish, diagnostika natijalarining ishonchliligini oshirish hamda pedagoglarning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berildi. Tajriba-sinov natijalari taklif etilgan multimodal diagnostik modelning amaliy samaradorligini tasdiqlab, uning oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar faoliyatini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirishda samarali vosita bo‘lishini ko‘rsatdi.

07/22/2026
  • PDF
79-86 19 8
KASBIY TA’LIM XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION MODELLARI USLUBIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Sherzod Toshpo‘latov

Mazkur maqolada kasbiy ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning innovatsion modellari va ularning uslubiy asoslarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi ta’lim tizimini mehnat bozori talablariga moslashtirish zaruratidan kelib chiqadi. Tadqiqotda tizimli tahlil, taqqosiy yondashuv va iqtisodiy modellashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar innovatsion modellarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi muhim rolini ko‘rsatdi. Muallif tomonidan kasbiy ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishga qaratilgan uslubiy takliflar ishlab chiqildi

04/20/2026
  • PDF
332-338 91 60
PEDAGOGLARNING RAQAMLI KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ZARURATI
Oliya Xaydarova

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning dolzarbligi, uning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati hamda raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchi faoliyatiga qo‘yilayotgan yangi talablar ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, raqamli kompetensiya tushunchasining mohiyati, tarkibiy qismlari, xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish ta’lim samaradorligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

01/13/2026
  • PDF
24-29 226 144
INTEGRATIV TA’LIM MUHITIDA TALABALAR KASBIY KOMPETENSIYALARINI SAMARALI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI
Sayyora Akbarova

Ushbu maqolada integrativ ta’lim muhitida talabalar kasbiy kompetensiyalarini samarali rivojlantirish mexanizmi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va kreativ fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlash zarurati bilan asoslanadi. Maqolada integrativ yondashuvning mazmun-mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda fanlararo integratsiya asosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish omillari yoritilgan

02/28/2026
  • PDF
528-533 126 58
MILLIY MALAKA TIZIMIDA KASBIY STANDARTLAR VA MALAKANI BAHOLASH MARKAZLARI: INSTITUTSIONAL TAHLIL VA MUAMMOLAR
Faxriddin Dushebaev

Mazkur maqolada milliy malaka tizimida kasbiy standartlar va malakani baholash markazlarining institutsional ahamiyati, ularning mehnat bozori va ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tarmoq kengashlari faoliyati, kasbiy standartlarni ishlab chiqish va malakani mustaqil baholash mexanizmlarining amaldagi holati o‘rganilgan. Shuningdek, malakani baholash markazlari va tarmoq kengashlari faoliyatining miqdoriy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, tizimning kuchli va zaif tomonlari SWOT tahlili asosida baholangan. Tadqiqot natijasida milliy malaka tizimida kasbiy standartlarni muntazam yangilash, baholash markazlari faoliyatini takomillashtirish, ish beruvchilar va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda raqamli baholash tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

05/13/2026
  • PDF
50-58 110 54
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHDA TA’LIM XIZMATLARINING O‘RNI
Timur Ibragimov

Maqolada ta’lim xizmatlari tizimining rivojlanishi va bandlik tuzilmasini o‘zgartirish o‘rtasidagi bog'liqlik ko‘rib chiqiladi. Unda kadrlar raqobatbardoshligini oshirish va zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashishning asosiy vositasi sifatida ta’lim sifati va qulayligini oshirish muhimligi ta’kidlangan. Unda ta’lim xizmatlarini rivojlantirish tendensiyalari tahlil qilinib, ayniqsa, yoshlar va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda bandlikni rag‘batlantirish uchun ularni takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etiladi.

06/17/2025
  • PDF (Russian)
527-530 142 86
MEHNAT BOZORIDA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA OLIY TA’LIMNING BOSHQARUV YO‘NALISHLARI
Temirmalik Sharopov

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimi va mehnat bozori integratsiyasi asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning boshqaruv yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’lim mazmunini mehnat bozoridagi zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, raqobatbardosh kadrlar uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalar – kasbiy malaka, innovatsion tafakkur, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va xorijiy tillarni bilish darajasi aniqlangan. Tadqiqot metodologiyasi doirasida adabiyotlar tahlili, so‘rovnomalar va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda tahliliy usullar qo‘llanildi. Natijalar asosida oliy ta’lim tizimini mehnat bozoriga moslashtirish, amaliy tajribani kuchaytirish va mintaqaviy ehtiyojlarni inobatga olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi

09/23/2025
  • PDF
157-161 191 82
MEHNAT BOZORIDA KOMPETENT MUTAXASSIS KADRLAR BANDLIGINI TA’MINLASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Saloxiddin Shamsitdinov

Ushbu ilmiy maqolada mehnat bozorida kompetent mutaxassis kadrlar bandligini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy iqtisodiy sharoitda mehnat bozori talablari, oliy ta’lim tizimining natijadorligi, kasbiy va amaliy kompetensiyalar darajasi, raqamli ko‘nikmalar, ish beruvchilarning kadrlarga qo‘yadigan talablari hamda davlatning bandlik siyosati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari yoritilgan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlari, xalqaro tashkilotlar (ILO, OECD, World Bank) hisobotlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan 300 nafarlik so‘rovnoma natijalari tahlil qilingan. Maqolada kompetent mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishda nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy tayyorgarlik, moslashuvchanlik, tashabbuskorlik va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash qobiliyati muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Korrelyatsion va regressiya tahlili yordamida bandlikka ta’sir etuvchi omillarning nisbiy og‘irligi miqdoriy jihatdan baholangan. Maqola yakunida mehnat bozorida malakali kadrlar ulushini oshirish, bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim tizimi bilan amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan

04/20/2026
  • PDF
296-301 99 60
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Gulnora Musaxanova

Ushbu maqolada mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda tizimli yondashuvni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonini kompetentli yondashuv asosida tashkil etish zarurligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan

02/28/2026
  • PDF
521-527 132 67
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK TIZIMI
Dilafruz Xursandova

Maqolada dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida raqamli ta’lim resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish usullari, shuningdek, o‘quvchilarda texnik tafakkur, fazoviy tasavvur va kreativ fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha keng qamrovli izlanishlar keltirib o‘tilgan.

07/23/2026
  • PDF
97-102 15 11
KASBIY MUVAFFAQIYAT OMILLARI VA UNING IQTISODIY JIHATLARI
Gulmira Taraxtiyeva , Muhammadrizo Jurayev

Mazkur ishda kasbiy muvaffaqiyatning asosiy omillari hamda ularning iqtisodiy jihatlari zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tahlil qilinadi. Globallashuv, texnologik o‘zgarishlar va mehnat bozorida raqobat kuchayishi natijasida mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar tubdan o‘zgarib bormoqda. Tadqiqotda kasbiy muvaffaqiyatning nazariy asoslari, insoniy va ijtimoiy kapitalning roli, shuningdek qattiq va yumshoq ko‘nikmalarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiy muhit, mehnat bozori holati va ta’lim investitsiyalarining kasbiy rivojlanishga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsiy rivojlanish strategiyasi, professional tarmoqlar va moliyaviy savodxonlik asosida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari yoritilgan. Ish yakunida talabalar va yosh mutaxassislar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

04/28/2026
  • PDF
364-371 92 107
O‘QUVCHILARNING INTELTEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM DARSLARINI TASHKIL ETISH
Alisher Ernazarov , Gulmexra Chinkulova

Ushbu maqolada o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etishni takomillashtirish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, tizimli yondashuvni va zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olishni talab qilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Texnologiyaning jadal rivojlanishi va bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarning kuchayishi sharoitida ushbu mavzuning dolzarbligi tobora oydinlashib bormoqda. O‘quv jarayonini takomillashtirishning asosiy jihatlaridan biri o‘quvchilarning ta’lim faoliyatiga faol jalb etilishiga yordam beruvchi o‘qitishning interfaol usullarini joriy etish ekanligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

07/25/2025
  • PDF (Russian)
169-175 154 75
BO‘LAJAK MUHANDISLARNING DATA-DRIVEN TAHLILIY-BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI
Nilufar Davlatova

Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi talabalarida “Tannarx muhandisligi” fani doirasida ma’lumotlarga asoslangan (data-driven) tahliliy-boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Mazkur maqolada  mavjud  malaka talablari va o‘quv fan dasturlari kontent-tahlil qilinib, bo‘lajak muhandislarning iqtisodiy-tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi nazariy va amaliy bo‘shliqlar aniqlangan. Maqolada pedagogik hamda tarkibiy-mantiqiy modellashtirish prinsiplari asosida bo‘lajak muhandislarning boshqaruvchanlik salohiyatini oshirish metodologiyasi ochib berilgan. Aniqlangan qonuniyatlar asosida oliy ta’lim tizimi uchun konseptual pedagogik tavsiyalar majmuasi ishlab chiqilgan

06/22/2026
  • PDF
687-693 68 64
NEFT VA GAZ UNIVERSITETLARI TALABALARIGA MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA INGLIZ TILI O‘QITISHNING TURLI USULLARIDAN FOYDALANISH
Durdona Kadirbekova

Ushbu maqolada neft va gaz universitetida tahsil olayotgan talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ingliz tilini (ESP) o‘rgatishning turli usullaridan foydalanish ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda professional muloqot ko‘nikmalari, soha terminologiyasi va zamonaviy ta’lim texnologiyalari integratsiyasi muhimligi ta’kidlangan. Texnik universitetlarda ESPning dolzarbligini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga oid statistik ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lib, ular talabalarning o‘quv va kasbiy yutuqlarigai jobiy ta’sir ko‘rsatadi

10/21/2025
  • PDF (English)
597-600 107 154
OLIY TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА MENEJERLАRNING KАSBIY KOMPETENSIYALАRINI RIVOJLАNTIRISHDА ILG‘OR XORIJIY TАJRIBАDАN FOYDАLАNISH YO‘NАLISHLАRI
Fazliddin Аbdullaev

Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalarida menejerlarni tayyorlash jarayonida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Menejer kadrlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun kasbiy, kommunikativ va konseptual kompetensiyalar zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, АQSh, Yevropa va Sharq mamlakatlari tajribasida taʼlim jarayonida innovatsion o‘qitish texnologiyalari, amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlar va interfaol usullar keng qo‘llanilishi taʼkidlangan. Ushbu tajribalarni milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish menejerlarni raqobatbardosh va strategik fikrlay oladigan mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi

10/05/2025
  • PDF
276-285 132 78
HUDUDLARDA AGROTADBIRKORLIK ASOSIDA AHOLINI BAND QILISHNING XORIJIY TAJRIBALARI
Alisher Qurbonov

Mazkur maqolada 2010-2024 yillar statistik ma’lumotlari asosida O‘zbekistonda mehnat resurslari, iqtisodiy faollik, ishsizlik, bandlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jami bandlikdagi ulushi, oliy ma’lumotli xodimlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar soni dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqotda inson kapitali nazariyasi, tadbirkorlikning innovatsion tabiati, mehnat bozorining institutsional rivojlanishi va qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish konsepsiyalari asos qilib olindi. Xorijiy tajriba sifatida Yevropa Ittifoqi, Finlyandiya, Shvesiya, Daniya, Yaponiya va Xitoy amaliyoti ko‘rib chiqildi. Maqolada xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha kooperatsiya, kasbiy ta’lim, mikromoliya, ijtimoiy himoya, raqamlashtirish va agrotadbirkorlikka asoslangan takliflar ishlab chiqildi

05/03/2026
  • PDF
506-515 81 53
IMPLITSIT KOMPETENSIYALAR TUSHUNCHASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Azizbek Azadov

Maqolada zamonaviy pedagogika va psixologiya fanida tobora dolzarblashib borayotgan “implitsit (yashirin) kompetensiya” tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining evolyutsiyasi (R. Uayt, N. Xomskiy), M. Polanyining implitsit bilim (tacit knowledge) nazariyasi, A. Reberning ongsiz (implitsit) o‘rganish konsepsiyasi, K. Dvekning implitsit nazariyalar (mindset) yondashuvi hamda X. va S. Dreyfuslarning mahoratni bosqichma-bosqich egallash modeli tizimli tarzda yoritiladi. Zamonaviy xorijiy va milliy ilmiy adabiyotlar tahliliga tayangan holda implitsit kompetensiyalarning tarkibiy tuzilishi, ularning eksplitsit (ochiq ifodalangan) kompetensiyalardan farqi hamda ta‘lim jarayonida ularni shakllantirish mexanizmlari asoslab beriladi.

07/23/2026
  • PDF
103-107 25 13
1 - 17 from 17

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer