Mazkur maqolada turizm turlarini diversifikatsiyalashni boshqarishning nazariy va metodologik asoslari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda diversifikatsiya tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning turizm tizimidagi o‘rni va strategik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Turizmni tizimli, strategik va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida boshqarish zarurati ko‘rsatilgan. Tadqiqot davomida turizm turlarini diversifikatsiyalashni boshqarishning konseptual modeli taklif etilgan bo‘lib, u resurs salohiyatini baholash, bozor segmentatsiyasi, turizm mahsuloti portfelini shakllantirish, institutsional mexanizmlarni takomillashtirish va monitoring tizimini joriy etish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, diversifikatsiyaning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, mavsumiylikni kamaytirish, hududiy rivojlanishni rag‘batlantirish va qo‘shimcha qiymat yaratish, turizm sohasida strategik qarorlar qabul qilish, sohani raqobatbardosh va barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavlif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Mazkur maqolada Oʻzbekiston kapital bozorida samarali qimmatli qogʻozlar portfelini shakllantirish masalalari Markowitzning oʻrtacha-dispersiya optimallashtirish modeli asosida tadqiq qilingan. Tadqiqotda 2022-yil 23-iyul - 2025-yil 14-avgust oraligʻidagi 748 kunlik kuzatuvlar boʻyicha “Toshkent” respublika fond birjasida faol oldi-sotdi qilinadigan oltita aksiyadorlik jamiyati - uchta bank (Hamkorbank, Ipoteka-bank, “Ipak yoʻli”) va uchta nobank korxona (“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” - Oʻztelekom, UZRTXB, CHBSK) aksiyalari asosida teng taqsimlangan, minimal dispersiyali va tangens portfellar shakllantirilgan. Portfellar samaradorligi Sharpe, Treynor koeffitsientlari, Jensen alfasi va M² koʻrsatkichlari boʻyicha baholangan hamda Monte-Karlo simulyatsiyasi yordamida 1000 ehtimoliy portfel asosida bank va nobank sektor indekslari qiyosi amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalari bank aksiyalaridan iborat tangens portfelning eng yuqori samaradorlikka ega ekanligini (E(P) = 40,80%, σp = 4,68%, Sharpe koeffitsienti = 6,83) koʻrsatdi
Ushbu maqola O‘zbekiston tijorat banklarining valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish masalalarini kompleks tarzda tadqiq etishga bag‘ishlangan. 2018–2024 yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlar, 12 ta tijorat bankining moliyaviy hisobotlari asosida valyuta portfellarining tarkibi, xavflarni boshqarish mexanizmlari va diversifikatsiya strategiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tijorat banklarida valyuta zahiralarining 73,4 foizi AQSH dollarida jamlangan bo‘lib, bu konsentratsiya darajasi xalqaro standartlardan 2,5–3 barobar yuqori va tizimli valyuta riskini sezilarli oshiradi. Taklif etilgan “5-valyuta optimal diversifikatsiya modeli” asosida banklarning Sharp koeffitsiyentini 96 foizga oshirish, stress test sharoitida maksimal yo‘qotishlarni 6,3 foizli punktga kamaytirish hamda VaR ko‘rsatkichini 4,4 foizli punktga pasaytirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan
Maqolada tijorat banklarining kredit portfelini samarali boshqarish, shuningdek tijorat banklarining kredit portfelini boshqarishni takomillashtirishga doir asosiy yo‘nalishlar bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Maqolada tijorat banklarining kredit portfelini samarali boshqarish, shuningdek tijorat banklarining kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish bilan bogʻliq asosiy yo‘nalishlar bilan bogʻliq muammolar koʻrib chiqiladi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi. Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun, bizning fikrimizcha, quyidagi choralarni koʻrish maqsadga muvofiqdir: rejalashtirish, oqilona boshqarish, shuningdek kredit portfellari va kredit investitsiyalaridan foydalanish tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishga va kredit xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Ushbu tadqiqot tijorat banklarining investitsion faoliyatini takomillashtirish yoʻllarini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida investitsion portfelni diversifikatsiyalash, innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish, xalqaro moliya bozorlariga chiqish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish va risklarni boshqarish tizimlarini rivojlantirish muhim yoʻnalishlar sifatida aniqlangan.
Мақола суғурта компанияларинин ўз маблағларини самарали инвестиция қилиш қобилиятига таъсир қилувчи омиллар тўплами бўлган суғурта компанияларининг инвестиция салоҳиятини таҳлил қилишга бағишланган. Мақолада капитал манбалари, инвестицион портфель тузилмалари, рисклар ва давлат томонидан тартибга солишнинг роли каби асосий жиҳатлар кўриб чиқилган. Суғурта компанияларининг инвестиция салоҳиятини баҳолаш уларнинг молиявий кўрсаткичлари, бозор конъюнктураси ва ташқи иқтисодий омилларни таҳлил қилиш асосида амалга оширилган.