Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari tizimini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Davlat xaridlari mamlakatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarishda muhim vosita bo‘lib, ayniqsa, davlat mablag‘larini oqilona sarflash va shaffoflikni ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada 2022-2024-yillar davomida davlat xaridlarida elektron auksionlar orqali erishilgan iqtisodiy samaradorlik va tejash ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilinadi. Janubiy Koreya, AQSh va Yevropa Ittifoqi kabi davlatlarning davlat xaridlarini raqamlashtirishda qo‘llanilgan ilg‘or amaliyotlarini o‘rganadi va O‘zbekiston sharoitida ularni tatbiq qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Tadqiqot natijalari elektron auksionlar orqali davlat xaridlarini raqobatbardosh, tejamkor va shaffof amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligini ta’kidlaydi.
Maqolada budjet tashkilotlarida ichki audit samaradorligiga taʻsir etuvchi omillar va tizimli muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ichki audit xizmatining mustaqilligi, malakasi va institutsional maqomi, ichki nazorat muhiti, moliyaviy boshqaruv sifati hamda maʻlumotlar ishonchliligining auditga taʻsiri, shuningdek chora-tadbirlar rejasi ijrosi, monitoring va qayta aloqaning zaif nuqtalari oʻrganildi. Empirik asos sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining auditorlik tashkilotlari tomonidan eng koʻp sodir etiladigan qoidabuzarliklar roʻyxati hamda vazirlik tomonidan 2025-yilning birinchi yarmida besh vazirlik ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash natijalaridan foydalanildi. Tahlil shuni koʻrsatadiki, mustaqillik, resurs va malaka kabi institutsional omillar boʻyicha baholar yuqori (87–95%) boʻlsada, xavf tahliliga asoslangan rejalashtirish (47,8%) va chora-tadbirlar rejasi ijrosi (62,6%) boʻyicha natijalar past boʻlib, aynan shular samaradorlikning tizimli zaif nuqtasidir. Maqola yakunida samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Мазкур мақолада хизмат кўрсатиш соҳасида давлат- хусусий шериклиги лойиҳаларида рискларни баҳолашда мамлакатимиздаги иқтисодий жараёнларнинг трансформациялашиши шароитида турли соҳа ва тармоқ корхоналари ва ташкилотларида ҳамкорлик, ўзаро тенглик ҳамда рискларни тақсимлаш тамойилига асосланган иқтисодий алоқаларнинг мустаҳкамланишига алоҳида эътибор қаратилган.
Maqolada xorijiy investor ishtirokidagi qo‘shma korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning tashkiliy jihatlari bo‘yicha tarkibiy tuzilishi, ustavini tashkil qilish, faoliyat yuritish sohalarini belgilash, aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil qilinishi, xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarini o‘z veb saytlarida joylashtirilishi asoslab berilgan