Mazkur maqolada turizm sohasida tarjima nazariyasining tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Turizm bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni rivojlantiruvchi muhim sohalardan biri hisoblanadi. Turistlarga xizmat ko‘rsatishda axborotni turli tillarga to‘g‘ri va mazmunan aniq tarjima qilish katta ahamiyat kasb etadi. Maqolada tarjima nazariyasining asosiy tamoyillari, jumladan ekvivalentlik, adekvatlik va pragmatik moslik tushunchalari yoritilgan. Shuningdek, gid matnlari, reklama materiallari, broshyuralar, veb-saytlar va mobil ilovalardagi tarjima jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Turizm matnlarini tarjima qilishda milliy madaniyat, urf-odatlar va tarixiy merosni to‘g‘ri ifodalash zarurligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tarjima nazariyasining amaliy qo‘llanilishi turistlar uchun qulay axborot muhiti yaratish, xalqaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatning turistik imijini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi
Maqolada turizm sohasida raqamli marketing vositalaridan foydalanishning dolzarbligi va istiqbollari tahlil qilingan. Raqamli marketingning nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanish mexanizmlari yoritilib, pandemiyadan oldingi va keyingi davrdagi marketing vositalari taqqoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy reklama vositalari asta-sekin zamonaviy raqamli yondashuvlar bilan almashinib, turizm marketingida raqamli texnologiyalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu orqali sohada samaradorlik, xalqaro ko‘rinish va raqobatbardoshlik sezilarli darajada oshmoqda.
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari – eksportchi korxonalarga moliyaviy yordam koʻrsatish yoʻnalishlaridan xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlash, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish, savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qoplab berish, koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish va mahalliy mahsulotlar va brendlar boʻyicha raqamli reklama boʻyicha ajratiladigan moliyaviy yordamlarning tahlilini amalga oshirish orqali taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada ishontiruvchi aloqa, uni ahamiyati va reklamalarda qo‘llanilishi yoritilgan. Shu jumladan, ishontirish, ishontiruvchi aloqa tushunchalari mavjud ilmiy manbalarga asoslanib tadqiq qilingan. Ishontiruvchi aloqa tushunchasini va uning jarayonini ifodalashda umumiy aloqa jarayoni modeli, uni tashkil etuvchi asosiy elementlari va komponentlari alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ishontiruvchi aloqa doirasida o‘rganish, dissonans-atribut, kam ishtirok ierarxiyalari reklamalarda qo‘llanilishi nuqtai nazaridan yoritilgan.