Mazkur maqolada milliy malaka tizimida kasbiy standartlar va malakani baholash markazlarining institutsional ahamiyati, ularning mehnat bozori va ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tarmoq kengashlari faoliyati, kasbiy standartlarni ishlab chiqish va malakani mustaqil baholash mexanizmlarining amaldagi holati o‘rganilgan. Shuningdek, malakani baholash markazlari va tarmoq kengashlari faoliyatining miqdoriy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, tizimning kuchli va zaif tomonlari SWOT tahlili asosida baholangan. Tadqiqot natijasida milliy malaka tizimida kasbiy standartlarni muntazam yangilash, baholash markazlari faoliyatini takomillashtirish, ish beruvchilar va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda raqamli baholash tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Maqolada Yevropa Ittifoqida organik qishloq xo‘jaligi va organik bozorni shakllantirishning huquqiy, institutsional hamda iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilinib, ularning amaliy samaradorligi va barqaror rivojlanish omillari yoritiladi. Shu asosda ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirishning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlari va eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi.
Ushbu maqolada Navoiy viloyatining turistik salohiyatidan foydalanishda gid-ekskursavodlar tayyorlashdamamlakatning barcha hududlarida ekskursovodlarni sertifikatlash va akkreditatsiya qilish tizimlari hamda O‘zbekistonda ichki turizm jadal rivojlanayotgani sababli, sifatli ekskursiya xizmatlariga bo‘lgan talab ortishi va ularning samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan.
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari – eksportchi korxonalarga moliyaviy yordam koʻrsatish yoʻnalishlaridan xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlash, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish, savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qoplab berish, koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish va mahalliy mahsulotlar va brendlar boʻyicha raqamli reklama boʻyicha ajratiladigan moliyaviy yordamlarning tahlilini amalga oshirish orqali taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.