Raqamlashtirish jarayoni ta’lim tizimining har bir bosqichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, mustaqil ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ahamiyatini oshirmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt yordamida mustaqil ta’lim jarayonlarini optimallashtirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida SI texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasining samaradorligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va SI texnologiyalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta’limning raqamli ekotizimi shakllanib borayotgan sharoitda pedagoglarning kasbiy faoliyatini ishonchli va obyektiv baholashni ta’minlaydigan innovatsion diagnostika mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy faoliyatini baholashning multimodal diagnostik modeli nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli va raqamli pedagogika yondashuvlari integratsiyasi asosida baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari, elektron portfolio, ta’limni boshqarish tizimlari (LMS), videodarslar tahlili va raqamli faoliyat izlari asosida pedagoglarning kasbiy rivojlanishini kompleks monitoring qilish imkoniyatlari yoritildi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “MuhandislikWeb” axborot tizimi va “Muhandislar hisobi” moduli baholash jarayonini avtomatlashtirish, diagnostika natijalarining ishonchliligini oshirish hamda pedagoglarning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berildi. Tajriba-sinov natijalari taklif etilgan multimodal diagnostik modelning amaliy samaradorligini tasdiqlab, uning oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar faoliyatini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirishda samarali vosita bo‘lishini ko‘rsatdi.
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimidagi ta’lim xizmatlarining samaradorligi va sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi oliy o‘quv yurtlarining ta’lim va boshqaruv faoliyatida raqamli vositalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Metodologik asos sifatida tizimli va jarayonli yondashuvlar, shuningdek, me’yoriy va empirik ma’lumotlarni qiyosiy va mazmuniy tahlil qilish usullari qo‘llanilgan. Raqamli yechimlarni (onlayn platformalar, masofaviy ta’lim tizimlari, ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari) joriy etish ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga, ta’limni individuallashtirish va talabalarning qoniqish darajasini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Raqamli transformatsiya asosida ta’lim xizmatlarining samaradorligini oshirish yo‘nalishlari taklif etilgan
Ushbu maqolada mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda tizimli yondashuvni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonini kompetentli yondashuv asosida tashkil etish zarurligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan