• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
O‘ZBEKISTONNING LOGISTIK PERFORMANCE INDEKSI VA UNING TRANSPORT TIZIMIGA TA’SIRI TAHLILI
Umidjon Narziyev

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Logistik Performance Indeksi (LPI) bo‘yicha reytingdagi o‘rni, uni belgilovchi asosiy mezonlar va bu ko‘rsatkichlarning transport tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida LPI ko‘rsatkichlari bilan mamlakatdagi transport-logistika infratuzilmasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, mavjud muammolar va imkoniyatlar aniqlanadi. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimidagi tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishda LPI indeksining ahamiyati yoritiladi. Maqola yakunida mamlakatning LPI reytingini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

06/24/2025
  • PDF
613-620 190 91
OʻZBEKISTON TRANSPORT XIZMATLARI BOZORINING HOLATI VA TARMOQ DINAMIKASI
Elbek Xodjaniyazov

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi transport xizmatlari bozorining 2020–2025 yillar davridagi holati va tarmoq dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqotda Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy ma’lumotlari, Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi (LPI) hisobotlari hamda tarkibiy va dinamik taqqoslama tahlil metodlari qoʻllanilgan. Natijalarda transport xizmatlarining YaIMdagi ulushi, transport turlari boʻyicha tarkibiy oʻzgarishlar, sarmoyalar hajmining oʻsishi va bozor raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan islohotlar aks ettirilgan. SWOT-tahlil asosida tarmoqning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari belgilab oʻtilgan

06/17/2026
  • PDF
572-578 91 42
O‘ZBEKISTON VA MARKAZIY OSIYO O‘ZARO SAVDOSIDA LOGISTIKA IMKONIYATLARI
Mehri Voxidova

Ushbu maqola Markaziy Osiyo mamlakatlarining logistika va transport salohiyatini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekistonning mintaqadagi savdo aloqalariga alohida e’tibor qaratadi. Logistika samaradorligining ikki tomonlama savdo oqimlariga ta’sirini baholash uchun 2010-2023 yillardagi panel ma’lumotlari yordamida LPI ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan kengaytirilgan tortishish modeli baholanadi. Empirik natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning logistika ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi mintaqaviy savdo oqimlariga statistik jihatdan ahamiyatli va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, masofaga bog‘liq savdo xarajatlarini qisman qoplaydi.

02/01/2026
  • PDF
217-226 145 82
QASHQADARYO VILOYATI AGROQAYTA ISHLASH KORXONALARIDA LOGISTIKA VA TA’MINOT ZANJIRINING OPTIMAL-TIZIMLI MODELINI YARATISH
Abdihakim Rahimov

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati agroqayta ishlash korxonalarida logistika va ta’minot zanjiri samaradorligini oshirishning optimal-tizimli modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotda xomashyo yetkazib berish, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni taqsimlash jarayonlarining integratsiyalashgan boshqaruv mexanizmlari tahlil qilindi. Chiziqli dasturlash, transport modeli va tizimli tahlil metodlari asosida logistika xarajatlarini minimallashtirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, optimal logistika modeli korxonalarda transport xarajatlarini kamaytirish, mahsulot yetkazib berish tezligini oshirish va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qilishi asoslandi

06/03/2026
  • PDF
313-317 109 39
TEMIR YO‘L VA AVTOMOBIL TRANSPORTIDA SANOAT YUKLARINI TASHISHNI O‘ZARO MUVOFIQLASHTIRISH
Ismatulla Xaydarov

Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida sanoat yuklarini temir yo‘l va avtomobil transporti o‘rtasida muvofiqlashtirish muammolari va yechim yo‘llari o‘rganiladi. Intermodal tashish tizimlarining samaradorligi, muvofiqlashtirishga ta'sir etuvchi omillar va zamonaviy raqamli boshqaruv vositalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikki transport turini integratsiyalashgan boshqarish narxlarni 15–25% kamaytirish va yuk yetkazib berish muddatlarini sezilarli qisqartirish imkonini beradi. Muammoni hal etishda muvofiqlashtirish modeli va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi

04/10/2026
  • PDF
240-246 95 0
TEMIR YO‘L TRANSPORTI KORXONALARIDA IJTIMOIY-IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR TAHLILI
Zarnigor Bobojonova

Ushbu maqolada temir yoʻl transporti korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida tarmoqning iqtisodiy samaradorligi, mehnat undorligi, xodimlar ijtimoiy muhofazasi va transport xizmatlari sifatining oʻzaro bogʻliqligi oʻrganilgan. Korxonalar faoliyatini barqaror rivojlantirish va iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

06/10/2026
  • PDF
459-467 80 42
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA TA’MINOT ZANJIRINING TA’SIRI VA AHAMIYATI
Gulnora Ismoilova , Xusnora Pardaboyeva

Ushbu maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotida taʼminot zanjirining taʼsiri va ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, logistika tizimining milliy iqtisodiyotdagi oʻrni, uning rivojlanish tendensiyalari hamda mavjud muammolar va ularning yechimlari koʻrib chiqilgan. Taʼminot zanjiri infrastrukturasining zamonaviy holati, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari va xalqaro logistika tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda taʼminot zanjiri samaradorligini oshirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish, transport infratuzilmasini takomillashtirish va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish zarur.

04/23/2025
  • PDF
718-723 213 113
BOJXONA MAʼMURCHILIGIDA TRANSPORT LOGISTIKASINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Abrorjon Kucharov , Azizjon Bobojonov , Elvira Kamalova

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga koʻtarish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni jadallashtirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish maqsadida, 2023-yil 11- sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonning II yoʻnalishi aynan “Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash”ga qaratilgan. Ushbu maqola Yevropa Ittifoqi granti boʻlgan ORCA HORIZON-MSCA-2023-SE-01 loyihasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida nashr etilgan

01/13/2026
  • PDF
3-7 157 144
GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA EKSPORTGA YO‘NALTIRILGAN ISHLAB CHIQARISH ZONALARINI JOYLASHTIRISH VA HUDUDLARNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH
Zulxumor Fazliddinova

Ushbu maqolada geoaxborot texnologiyalari (GIS) asosida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini joylashtirish va hududlarning eksport salohiyatini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda hududlarning iqtisodiy, transport-logistika, infratuzilmaviy va investitsion ko‘rsatkichlarini fazoviy tahlil qilish imkoniyatlari baholangan. Xorijiy tajribalar, jumladan, interaktiv investitsiya xaritalari hamda geoaxborot tizimlaridan foydalanish amaliyoti tahlil qilinib, ularning investitsiya qarorlarini qabul qilish va eksport infratuzilmasini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslangan. Shuningdek, O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot va sanoat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida hududiy tafovutlar aniqlanib, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari GIS texnologiyalarini hududiy rejalashtirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni joylashtirishda samarali analitik vosita sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi

07/09/2026
  • PDF
950-957 45 24
ЎЗБЕКИСТОНДА ХАЛҚАРО МОЛИЯ ИНСТИТУТЛАРИ ҚАРЗ МАБЛАҒЛАРИ ҲИСОБИГА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ЛОЙИҲАЛАРНИНГ САМАРАДОРЛИГИ
Отабек Махкамов

Тадқиқотда қарз маблағларининг иқтисодий, ижтимоий ва институционал қайтишини баҳолаш зарурлиги таъкидланади. Хусусан, транспорт-логистика ва энергетика тармоқларига йўналтирилган сармоялар миллий иқтисодиётда синергетик самара яратгани, ичимлик суви, соғлиқни сақлаш ва таълим соҳаларига йўналтирилган маблағлар эса аҳоли турмуш даражаси ва инсон капиталига ижобий таъсир кўрсатгани кўрсатилади. Шу билан бирга, ташқи қарз маблағларидан самарали фойдаланишда тўлов қобилияти, институционал сифат, шаффофлик ва миллий стратегиялар билан уйғунлик ҳал қилувчи аҳамият касб этади

10/10/2025
  • PDF
389-395 138 95
1 - 10 from 10

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer