Mazkur tezisda sukuk (islomiy obligatsiya) instrumentlarining kapital bozori barqarorligini mustahkamlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Global moliya tizimida kuzatilayotgan qarz yukining ortishi va likvidlik tanqisligi sharoitida risk-sharing tamoyiliga tayanuvchi sukuk vositalarining afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, institutsional investorlarning sukuk bozoridagi ishtiroki kapitalning uzoq muddatli shakllanishiga xizmat qiluvchi omil sifatida ko’rib chiqiladi.
2024-yilda global sukuk bozori nisbatan murakkab va o‘zgaruvchan makroiqtisodiy sharoitlarga qaramay barqarorlikni namoyon etdi hamda yil yakunida jami 205,1 mlrd. AQSh dollari miqdorida emissiya hajmiga erishdi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilda qayd etilgan 212,0 mlrd. AQSh dollariga nisbatan biroz past bo‘lsa-da, pasayish sur’ati keskin emasligi va bozorning umumiy sig‘imi yuqori darajada saqlanib qolgani uning institutsional mustahkamligini tasdiqlaydi.
Hozirgi kunda islom moliyaviy qimmatli qogʻozlar bozori moliyaviy tizimning muhim tarkibiy qismiga aylangan boʻlib, u jahon iqtisodiyotida katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, Islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi qimmatli qogʻozlar zamonaviy moliyaviy tizimda tobora koʻproq oʻrin egallab, rivojlanishda davom etmoqda. Bu qimmatli qog‘oz turi sukuk hisoblanadi. Sukuk investitsiyalarni jalb etishda qimmatli qog‘ozlarga alternativ variant hisoblanadi, lekin aksiya va obligatsiyadan farqli jihatlarri mavjud. S
This monograph is devoted to the development of scientific and practical proposals and recommendations on the theoretical foundations of sukuk in activating and stimulating the attraction of financial resources, the issues of increasing the sukuk system and its potential in world practice, as well as the prospects for the development of the stock market of Uzbekistan in a digital economy. The monograph is recommended to specialists in the financial system, including the Agency for the Development of the Capital Market, the Ministry of Investment and Trade, the Ministry of Finance, the Central Bank, as well as insurance companies, commercial banks, as well as ITM employees, professors, researchers and students working in this field.
Islom moliyasi bugungi kunga kelib, butun dunyoda sezilarli tarzda o‘sib kelayotgan an’anaviy moliyaga muqobil tizim sifatida rivojlanib kelmoqda. Ushbu tizimning instrumentlaridan biri hisoblanadigan sukuk – islom qimmatli qog‘ozlari riskni diversifikatsiyalovchi, yashirin iqtisodiyotning oldini oluvchi hamda iqtisodiyotda qo‘shimcha qiymat yaratishga qaratilgan bir necha xususiyatlari bilan tanildi
Islom kapital bozori global moliya tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bozor ishtirokchilari o‘rtasida resurslarni safarbar qilish va taqsimlashning muhim yo‘li bo‘lib xizmat qiladi. Bozor bir qator moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni taklif etadi, shu jumladan sukuk, islomiy fondlar va islomiy aksiyalar. So‘nggi yillarda bozorda qulay demografik va iqtisodiy omillar, shariatga mos keladigan moliyaviy mahsulotlarga talabning oshishi va qulay me’yoriy-huquqiy muhit tufayli sezilarli o‘sish kuzatildi.
Islom moliyasi bugungi kunga kelib, butun dunyoda qiziqish uyg’otayotgan nafaqat musulmon davlatlar balki nomusulmon bo’lgan davlatlarning ham bu tizimni moliyalashtirishning muqobil varanti sifatida foydalanayotganining guvohi bo’lishimiz mumkin. O’rta Osiyo mamlakatlari jumladan, O’zbekistonda ham bu tizimni rivojlantirish, unga doir qonunchilik bazasini yaratish, mutaxassislarni tayyorlash va shunga o’xshash bir qancha vazifalar bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo’lib kelmoqda.