Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida uyg‘unlashtirish hamda bu orqali jahon bozoriga aniq va ishonchli ma’lumotlar bilan kirish, majburiyatlar hisobining yuritilishi va uning xalqaro standartlar asosida takomillashtirilishining zaruriyati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 qarori yurtimizda MHXSni rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lganligi haqida keltirib o‘tiladi.
Ushbu maqola buxgalteriya hisobi sohasida uzoq muddatli aktivlarning nazariy masalalari tahlil qiligan. Turli yondashuvlar, tartibga soluvchi meʻyoriy xujjatlardagi bunday aktivlar, korxonalar tomonidan ulush, bonuslar yoki uzoq muddatli ekspluatatsiya uchun sotib olingan resurslar koʻrinishida keltiriladi. Shuningdek, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar hamda investitsion mulk sifatida eʻtirof etiluvchi aktivlar kelgusida kapitalni joylashtirishning samarali yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, uzoq muddatli aktivlarning turkumlanishi va xususiyatlarini qayta koʻrib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolada oliy ta’lim tashkilotlarida moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi masalalari o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining 2-sonli BHS talablari asosida to‘lov-kontrakt tushumlari, talabalar bilan hisob-kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari hamda majburiyatlar hisobining amaldagi tartibi tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida oliy ta’lim muassasalarida bank komission to‘lovlari bilan bog‘liq moliyaviy yo‘qotishlar, billing va UzASBO tizimlaridagi ma’lumotlar nomuvofiqligi kabi amaliy muammolar aniqlangan. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida bank komissiyalarini qoplash mexanizmini takomillashtirish, yagona to‘lov platformasini yaratish, axborot tizimlarini integratsiyalash hamda ichki nazorat va audit tizimini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.