Maqolada banklar faoliyatining transformatsiyalashuvi natijasida an’anaviy bank faoliyatining raqamlashuvi natijasida yuzaga kelishi va risk darajasining ortib borishi mumkin bo‘lgan bir qator risk turlari, bank mijozlari va banklarning o‘ziga qaratilgan eng keng tarqalgan kiber tahdid turlari va ularning o‘ziga xos jihatlari, banklarda risklarni boshqarishning yangi tizimlari, bank risklarini strategik boshqarish bosqichlari hamda raqamli muhitda risklarni samarali boshqarish bo‘yicha muallif yondashuvlari keltirilgan. Umuman olganda, ushbu maqola tijorat banklarining transformatsiyalashuvi va raqamlashish sharoitida yuzaga keladigan riskining ko‘p qirrali tabiati to‘g‘risida tushunchalarni beradi va ushbu keng tarqalgan risk omilini samarali boshqarish va yumshatish va banklarning barqaror o‘sishni ta’minlash uchun banklar tomonidan qo‘llaniladigan turli xil usullar haqida ma’lumot beradi.
Telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatda kutilmagan tadbirni amalga oshirish natijasida biznes sohasida yangi rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Iste’molchilar va telekommunikatsion xizmat ko‘rsatuvchilar orasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari asosida raqamlashtirishning bugungi bosqichida xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillashtirish va shuningdek marketing strategiyasini ishlab chiqishda asosan hozirgi kunda raqamli platformalardan keng foydalanilmoqda.
Iqtisodiyot va jamiyatning raqamli transformatsiyasi dinamikasi, raqamli rivojlanishning ko‘p qirraliligi va ko‘rsatkichlarining ko‘pligi, ularning iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari bo‘yicha sezilarli darajada farqlanishi raqamli rivojlanishni integral baholash usullarini ishlab chiqish zarurligini taqozo etmoqda. Maqolada raqamli iqtisodiyotni shakllantirish qonuniyatlarini o‘rganish asosida raqamli rivojlanish bosqichlari, maqsadli mezonlar hamda iqtisodiyot va jamiyatni raqamlashtirish bosqichlari uchun integral, umumlashtiruvchi va qisman ko‘rsatkichlar tizimi belgilab berildi. Raqamli rivojlanish holatining integral koeffitsienti haqiqiy ko‘rsatkichlarning normallashtirilgan qiymatlari asosida qo‘shimcha model yordamida hisoblanadi. Raqamli rivojlanish potentsialini baholash uchun xususiy ko‘rsatkichlarning potensial qiymatlaridan foydalaniladi.
Мақолада молиявий технологиялар ва хизматлар соҳасидаги тадқиқотчиларнинг фикри муҳокама қилинган, молиявий технологиянинг ривожланиш босқичлари, ривожланган мамлакатларда молиявий технологияларни ривожланиш тажрибаси ва амалиёти ўрганилган. Уларнинг ривожланишини рағбатлантирувчи омиллар ва молиявий технологияларни ривожланишига тўсқинлик қилувчи тўсиқлар аниқланган. Шунингдек, уларни миллий иқтисодиётда кенг жорий этиш истиқболлари, ҳамда уларни миллий иқтисодиётда кенгроқ қўллашга тўсиқлик қилаётган омилларни бартараф этиш учун ҳал қилиниши керак бўлган муаммоларни таҳлил қилишган.
Ushbu maqolada raqamlashtirishning o’zizga xos xususiyatlari, raqamlashtirish va raqamli transformatsiyaning atamalarining tushunchasi, turlari va farqlari, raqamli texnologiyalar orqali chet mamlakatlardagi kelajakdagi ulushi, raqamli texnologiyalarning biznesdagi afzalliklari va kamchiliklari, raqamli iqtisodiyotning mezonlari va yirik online biznes modellari o’rganilib, tahlil qilingan hamda kerakli xulosa va takliflar berib o’tilgan.
Jahon iqtisodiyotida biznes va marketing faoliyatini to‘liq raqamlashtirish masalalari ustuvor tendensiyalardan biri sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda har bir tadbirkordan iste’molchilarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan marketing tadqiqot jarayonlarini raqamlashtirish hamda ushbu jarayonlarning samaradorligini yanada oshirish uchun CRM tizimidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish talab etiladi. Shu boisdan, ushbu maqolada korxonaning innovatsion marketing faoliyatini samarali tashkil etishda CRM tizimlari orqali marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning ahamiyati va zarurati nazariy ma’lumotlar hamda xorij olimlarining ilmiy ishlari asosida ochib berilgan. Ushbu maqolada tezkor va sifatli marketing tadqiqotlarini tashkil etishda CRM tizimlaridan samarali foydalanish yo‘llari va uni amalga oshirish bo‘yicha muallif tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada raqamli aktivlarning mohiyati va ularning turlari, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi, raqamli aktivlarni muomalaga kiritish bilan bog‘liq asosiy afzalliklar va xavflar tahlil qilinadi, iqtisodiyotni yanada raqamlashtirish sharoitida bank tizimini samarali rivojlantirish bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.