Inson kapitalining davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishining asosiy omili sifatidagi roli doimiy ravishda o‘sib bordi va o‘sishda davom etmoqda. Insoniyat o‘z taraqqiyotida sanoat bosqichidan postindustrial bosqichga o‘tgandan so‘ng, intellektual resurslar jamiyat taraqqiyoti va farovonligining asosiy omillaridan biriga aylandi. Rivojlangan mamlakatlarning milliy boyligida aynan inson kapitalining yuqori ulushi ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yuqori darajasini tushuntiradi. Ushbu maqolada mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta'minlash uchun inson kapitaliga investitsiyalarning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Ushbu maqolada inson kapitaliga investitsiyalarning iqtisodiyot faoliyati samaradorligi, shuningdek jamiyatning siyosiy va ijtimoiy barqarorligi uchun ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida inson kapitalining roli va uning mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Inson kapitali bu ta’lim, sog‘liqni saqlash, malaka, ilmiy-tadqiqot va texnologik salohiyatni o‘z ichiga olgan iqtisodiy resurs bo‘lib, u innovatsion taraqqiyotning asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Ушбу мақолада уй-жой коммунал хўжалиги фаолиятини эконометрик моделлар асосида такомиллаштириш ва унинг иқтисодий-статистик таҳлили ҳамда хусусиятлари очиб берилган. Шунингдек уй-жой коммунал хўжалиги фаолиятини эконометрик моделлар асосида такомиллаштириш бўйича амалий таклиф ва тавсиялар берилган.
O‘zbekistonda hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks mutanosib rivojlanishi, resurslardan foydalanish samaradorligi, iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy salohiyatini baholashning yagona tizimini joriy etish, hududlarni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslar va imkoniyatlar bilan ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini yanada oshirish, mahalliy budjetga tushumlar to‘liqligini ta’minlash strategiyalarini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish borasidagi ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur maqolada hududlarni barqaror rivojlantirish masalalari ham nazariy va ham amaliy jihatdan yoritib berilgan.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati misolida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati va rivojlanishining moliyaviy-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. 2022-yil oxiridan 2025-yil oxirigacha bo‘lgan davrdagi dinamik choraklik ma’lumotlar asosida o‘quvchilar soni va o‘z mablag‘lari hajmining ta’lim tashkilotlarining yalpi daromadiga ta’sirining kompleks statistik va ekonometrik tahlili o‘tkazildi. Chiziqli regressiya modeli qurildi, institutsional tarkibiy o‘zgarishlar belgilandi, xususiy oliy ta’lim sektorining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun davlat tomonidan kompleks mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini shakllantirish zarurati asoslandi.
Mamlakatimizda qurilish korxonalari boshqaruvidagi tashkiliy-iqtisodiy holatlar, qurilish qiymatini hisoblashning usullari va ularning uy-joylar narx-navosiga ta’siri. Mazkur maqolada aholining birlamchi ehtiyojlaridan boʻlmish uy-joyga boʻlgan talabni qondirishning imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida fikr yuritilgan.
Maqolada iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida inson kapitalining o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Inson kapitali innovatsion jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida qaralib, uning bilim, malaka, salohiyat va ijodiy yondashuv bilan bog‘liq tarkibiy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion iqtisodiyot shakllanishida kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar mamlakat iqtisodiy o‘sishi, raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion faollikni kuchaytirishda hal qiluvchi omil ekanligini tasdiqlaydi.
Ushbu maqolada biz hozigi iqtisodiy davrda sun’iy intellekt bizning qaysi iqtisodiy sohalarimizga kirib boradi va unga qanday ta’sir ko‘rsata olishini o‘rganib chiqamiz. “Sun’iy intellekt (SI) texnologiyasining rivojlanishi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir qiladimi yoki salbiy ta’sir qiladimi?” degan savollarga imkon qadar javob olamiz.
Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, mamlakatimizning turmush darajasini yanada yaxshilash, mamlakatimizda bugungi kunda izchil olib borilayotgan islohotlardandir. Ushbu maqolaning zamirida mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy etishi, mamlakatimizda qurilish sohasini rivojlantirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish, aholimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash, yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichini oshirish va iqtisodiy rivojlantirish yotadi.
Turar-joy binolarida yong‘in xavfini boshqarish xavfsizlikni ta’minlash va hayot va mulk yo‘qotilishini minimallashtirishning muhim jihati hisoblanadi. Ushbu tadqiqot yong‘in xavfi nazariyalari, ilg‘or metodologiyalar, inson xatti-harakatlari, binolar dizayni va me’yoriy-huquqiy bazalarni o‘z ichiga olgan asosiy komponentlarni o‘rganish orqali yong‘in xavfini boshqarishning nazariy va uslubiy asoslarini o‘rganadi. IoT-ni qo‘llab-quvvatlaydigan yong‘inni aniqlash tizimlari va sun’iy intellektga asoslangan bashoratli modellashtirish kabi texnologik innovatsiyalar xavfni proaktiv kamaytirish uchun o‘zgartiruvchi vositalar sifatida aniqlanadi. Shuningdek, yong‘in hodisalari va o‘lim holatlarini kamaytirishda aholining faolligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ta’limning o‘rni ta’kidlangan.
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada muayyan bir hudud, Sirdaryo viloyati misolida sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Бугунги кунда сунъий интеллект, саноат роботлари, масофавий таълим, симсиз алоқа, блокчейн, улкан маълумотлар, виртуал ва тўлдирилган хаёт, ақлли иншоотлар, интернет товарлар каби рақамли технологиялар жамиятнинг турли сохаларида кенг қўлланилиб келинмоқда. Жаҳонда рақамлаштириш жараёнидан миллий иқтисодиётни инклюзив, барқарор иқтисодий ривожланишига бағишланга илмий-тадқиқот ишларида кенг кўлланилмоқда. Рақамлаштириш омили жамиятнинг барча жабҳаларига ўз таъсирини ўтказар экан, мамлакат иқтисодиётини барқарор ривожланишига кўрсатадиган таъсирини тизимли, чуқур таҳлил этиш талаб қилинади. Мақолада рақамлаштиришнинг миллий иқтисодиётга таъсирининг назарий асослари ўрганилган ва уни амал қилиш механизмини такомиллаштиришга қаратилган тегишли илмий хулоса ва таклифлар ишлаб чиқилган