Ushbu maqolada loyihalarni moliyalashtirishda ESG tamoyillarining ahamiyati, ularning biznes va investitsiya qarorlariga ta’siri, shuningdek, barqaror moliyalashtirish mexanizmlarining afzalliklari tahlil qilinadi. ESG tamoyillarini samarali joriy etish orqali reyting agentliklarining ahamiyati hamda ular tomonidan taqdim etiladigan reytinglar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya va raqamli texnologiyalarning bank faoliyati samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tegishli adabiyotlar va empirik ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish orqali mualliflar raqamli texnologiyalarlarning turli o‘lchovlarini va ularning bank samaradorligiga ta’sirini o‘rganadilar. Maqolada bank tizimidagi raqamli transformatsiya operatsiyalarni modernizatsiya qilish, mijozlar tajribasini yaxshilash va umumiy samaradorlikni oshirish uchun raqamli texnologiyalar integratsiyasini o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda banklar tez rivojlanayotgan moliyaviy muhitda raqobatbardosh bo‘lib qolishga intilayotgani sababli, bu jarayon sezilarli kuchga ega bo‘ldi. Bank tizimida raqamli transformatsiyalar tahlili samaradorlikni oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan bir qancha asosiy texnologiyalar borasida keng qamrovli tahlillar olib borilgan.
Global miqyosda barqaror rivojlanishga bo'lgan e'tiborning ortishi yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi rolini tushunishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirdi, ayniqsa, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda. Ushbu tadqiqot yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning O'zbekiston kontekstida barqaror rivojlanishni ta'minlashdagi muhim rollarini o'rganish uchun Strukturali Tenglama Modellashdan (SEM) foydalanadi, bu rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun imkoniyat va muammolarni aks ettiradi. Tadqiqot keng qamrovli kontseptual tahlil orqali ushbu tashabbuslarning iqtisodiy o'sish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy tenglikka ta'sirini baholaydi. Natijalar yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ekologik tanazzulni kamaytirish va ijtimoiy farovonlikni yaxshilash orqali barqaror rivojlanishga sezilarli hissa qo'shishini ko'rsatadi. Tadqiqot institutsional qo'llab-quvvatlash, moliyaviy rag'batlar va manfaatdor tomonlarning ishtiroki muhimligini ta'kidlab, barqaror amaliyot va texnologiyalarni samarali qabul qilish va integratsiya qilish zaruratini ta'kidlaydi
Tijorat banklarining milliy iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro integratsiya va iqtisodiy jarayonlardagi o’rnini yanada mustahkamlash, shuningdek, banklar faoliyatining jahon talablari va standartlariga muvofiqligini tekshirish va baxolashda ichki nazorat, ya’ni audit xizmatining alohida o’rni va ahamiyati bor. Maqolada yuqoridagi masalalar ko’rib chiqilgan, ichki audit xizmatini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar berilgan.