Ushbu maqolada islom banklari moliyaviy xisobotlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Moliyaviy xisobotlarning shakllari birma bir an’anaviy buxgalteriya va islom buxgalteriya qoidalari bo‘yicha tahlil qilingan. Jumladan, korxonaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi balansning tarkibiy qismidagi o‘zgarishlar yoritib berilgan. Islom buxgalteriyasida an’anaviy buxgalteriyaga qo‘shimcha tarzda 3 ta hisobot shaklining qo‘shilish sabablari birma bir bayon etilgan. Shuningdek, maqolada cheklangan investisiyalardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot namunasi keltirilgan. Maqola so‘nggida islom banklarining foyda va zararlarning taqsimot yo‘nalishlari bo‘yicha xulosalar keltirilgan.
Ushbu maqolada respublikamiz soliq tizimida mavjud soliq turlari va ularning soliq bazasini aniqlash tartibining metadologiyasi, xususiyatlari, qoidalari haqida, shuningdek bu metodlarga ta’sir etuvchi omillar va dastaklar xususida ma’lumotlar keltirilgan. Qolaversa, jahon soliq tizimida soliq bazasini aniqlash tartiblarining umumiy usullari va qoidalari ham yoritilgan bo’lib, soliqqa tortish sohasida uni tartibga soluvchi umumiy jihatlari haqida mulohazalar yuritilgan.
Korxona foydasining shakllanishi va uni buxgalteriya hisobida aks ettirish moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.Mazkur maqolada foydaning shakllanishi, daromad va xarajatlarni tan olish, baholash hamda ularni hisobot davrlariga to‘g‘ri taalluqli qilish jаrаyonlаrini tаkоmillаshtirish mаsаlаlаri yoritilgаn.Shuningdek, foydani manipulyatsiya qilish bilan bog‘liq risklar va ularni kamaytirishda ichki nazorat tizimining ahamiyati asoslab berilgan.
Ushbu maqolada islom moliya tashkilotlari faoliyati samaradorligining iqtisodiy mohiyati, uning zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni hamda real sektorni moliyalashtirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada islom moliyasining asosiy tamoyillari — ribo, g‘arar va maysirning taqiqlanishi, real aktivlarga tayanish, foyda va zararlarni adolatli taqsimlash hamda moliyaviy operatsiyalarning shariat talablariga muvofiqligi yoritilgan. Shuningdek, islomiy moliyalashtirish vositalari hisoblangan mushoraka, mudoraba, murobaha, ijara, salam, istisno, sukuk, qarzi hasana va takoful kabi instrumentlarning iqtisodiy mazmuni, ishlash mexanizmi, risk va daromadlilik xususiyatlari ochib berilgan. Tadqiqotda islom moliya tashkilotlarining moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish hamda tizimli moliyaviy xatarlarni kamaytirishdagi roli asoslangan. Xalqaro AAOIFI va IFSB standartlari islom moliya institutlari faoliyatining huquqiy, buxgalteriya va prudensial asoslarini shakllantirishda muhim metodologik manba sifatida baholangan. Maqolada islom moliyaviy vositalarining samaradorligi ularning risklarni taqsimlash, aktiv bilan ta’minlanganlik, ijtimoiy mas’uliyat va barqaror iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilish xususiyatlari orqali namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan.
Vatanimizda yosh avlod uchun ayniqsa ularni jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari uchun yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqilgani va bu siyosatni qonuniy asos bilan mustahkamlanganligi va bosh qomusumiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bir qancha me’yoriy hujjatlarda keltirib o‘tilganligi, shuningdek, aholi tadbirkorligini oshirishda daromadlilikni ta’minlash masalalariga qaratilgan tadqiqotlar bayoni keltirilgan.
Aholida kuzatilayotgan muammoli vaziyatlar va yechimlari, aholini ilmiy salohiyati, ta’lim berishdagi holatlar, ijtimoiy holati yaxshi bo‘lmagan aholiga ko‘maklashish, ma’naviy yetuklik darajasiga erishishda ularga zamon talabi asosida tarbiya berish va ayniqsa ularni ish bilan ta’minlash kabi masalalarga e’tibor bergan holda ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar berilgan.
Maqolada aholi tadbirkorligini oshirishda banklarning o‘rni bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar asosida ATB “Mikrokreditbank” hisobotlarini tuzish jarayonida qo‘llash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.