Maqolada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va unda aholini ish bilan bandligining ta’minlanishi bo‘yicha xorij tajribasi o‘rganilgan. Innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishda oliy ta’limning rolidan kelib chiqib bandlikni ta’minlash yo‘nalishlarini taqqoslashda ta’lim tizimi sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, samarali bandlikni ta’minlash, bandlikning yangi shakl va turlaridan foydalanish kabilar bo’yicha qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda ITTKIda yuqori malakali ishchilarning bandligi, innovatsiya infratuzilmasining mavjudligi, xususiy sektorning ushbu sohani moliyalashtirishda yuqori ulushga ega ekanligi, kichik va o‘rta biznesning innovatsion faolligi asosida RDIE modelidan foydalangan holda innovatsion faoliyatda ish bilan bandlikka ko‘maklashishga yo‘naltirilgan masalalarga ilmiy-amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Maqolada moliyaviy ragʻbatlantirishning xorij tajribasi yordamida sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati koʻrib chiqilgan. Mazkur masala boʻyicha turli xil xorij davlatlari tajribasi oʻrganilgan va ularni sanoat korxonalarida foydalanish imkoniyatlari aniqlangan va baholangan. Innovatsion faoliyatni moliyaviy ragʻbatlantirishning xorij tajribasidan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Maqolada "innovatsion faolligi" atamasining hozirgi ta'riflari tahlili asosida o'z ta'rifi berilgan. Korxonaning innovatsion faoliyatini baholash usulini taklif qilishda joriy etilgan innovatsiyalarning intensivligini ularning yangilik darajasiga qarab baholash asos qilib olingan.
Tadqiqotda sanoatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi muammolar, jumladan, texnologik eskirish, resurslardan samarasiz foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligining yetarli darajada emasligi va innovatsion faollikning pastligi kabi jihatlar aniqlanadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida sanoatni modernizatsiya qilish, investitsion jozibadorlikni oshirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi