Islom ijtimoy moliyasi bugungi kunda nafaqat musulmon mamlakatlarda, balki musulmon bo‘lmagan mamlakatlarda ham rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, Covid-19 pandemiyasidan keyin u o‘zining muhim o‘rniga ega bo‘ldi. Mazkur maqolada ijtimoiy moliya va islom ijtimoiy moliyasi tushunchalari mohiyati ko‘rib chiqilgan, shuningdek islom ijtimoiy moliyasining maqsadlari va vazifalari yoritib berilgan, jumladan, ishsizlik va qashshoqlikni kamaytirish, kam ta’minlangan guruhlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga yordam berish, taqsimlashda ijtimoiy adolatni amalga oshirish va iqtisodiyotni o‘stirish. Tahlillar jamlanib, maqola so‘nggida umumiy xulosalar berilgan.
Ushbu maqolada islom moliya tashkilotlari faoliyati samaradorligining iqtisodiy mohiyati, uning zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni hamda real sektorni moliyalashtirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada islom moliyasining asosiy tamoyillari — ribo, g‘arar va maysirning taqiqlanishi, real aktivlarga tayanish, foyda va zararlarni adolatli taqsimlash hamda moliyaviy operatsiyalarning shariat talablariga muvofiqligi yoritilgan. Shuningdek, islomiy moliyalashtirish vositalari hisoblangan mushoraka, mudoraba, murobaha, ijara, salam, istisno, sukuk, qarzi hasana va takoful kabi instrumentlarning iqtisodiy mazmuni, ishlash mexanizmi, risk va daromadlilik xususiyatlari ochib berilgan. Tadqiqotda islom moliya tashkilotlarining moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish hamda tizimli moliyaviy xatarlarni kamaytirishdagi roli asoslangan. Xalqaro AAOIFI va IFSB standartlari islom moliya institutlari faoliyatining huquqiy, buxgalteriya va prudensial asoslarini shakllantirishda muhim metodologik manba sifatida baholangan. Maqolada islom moliyaviy vositalarining samaradorligi ularning risklarni taqsimlash, aktiv bilan ta’minlanganlik, ijtimoiy mas’uliyat va barqaror iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilish xususiyatlari orqali namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan.
Ushbu maqolada Islomiy moliyaviy texnologiyaning umumiy g'oyasi va uning hozirgi Islomiy moliyaviy ekotizim evolyutsiyasi uchun qanday aloqasi borligi tasvirlangan. Bundan tashqari, ushbu maqolaning asosiy maqsadi Islomiy moliyaviy texnologiyaning ijtimoiy inklyuziyaga, xususan, rivojlanagn dunyodadan ajralib qolgan va kam ta'minlangan odamlar uchun manfaatini ta'kidlashdir. Unda Islomiy moliyaviy texnologiyalarning moliyaviy savodxonlikka qanday yordam bergani, rivojlanmagan hududlarda iqtisodiyotni kuchaytirgani, odamlar va kichik kompaniyalarning imkoniyatlarini kengaytirgani haqida misollar keltirilgan.
Mazkur maqolada milliy buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish yoʻnalishlari kompleks tarzda tadqiq etilgan. Xususan, IFRS, CAS va AAOIFI standartlarining nazariy asoslari, qoʻllanilish xususiyatlari va ularning milliy hisob tizimiga taʼsiri qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro standartlarni joriy etishga oid ilmiy qarashlar iqtisodiy, institutsional va geoiqtisodiy yondashuvlar nuqtayi nazaridan tizimlashtirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston buxgalteriya tizimining hozirgi holati xalqaro modellar bilan solishtirilib, uning gibrid xususiyatga egaligi asoslab berilgan. Maqolada xalqaro standartlarga oʻtish jarayonini bir yoʻnalishli islohot sifatida emas, balki iqtisodiy, strategik va ijtimoiy omillarni qamrab olgan kompleks transformatsiya sifatida baholash zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan. Shu asosda milliy hisob tizimini takomillashtirish boʻyicha konseptual yondashuvlar, jumladan, asosiy savdo hamkorlariga moslashish, mintaqaviy integratsiya va islom moliyasi tamoyillarini hisobga olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.