Maqolada mintaqa iqtisodiyotida ishlab chiqarishni tizimlashtirishning eng maqbul yechimlaridan biri sifatida ko‘rilayotgan klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, kompleks rivojlantirishning o‘ziga xos iqtisodiy tahlili, ularning ko‘rsatkichlarning guruhlangan tizimi keltirilgan. Hududlarda agrosanoatni klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tashkil etishda alohida e’tibor qaratiladigan ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar tadqiqi keltirilgan.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iqtisodiy salohiyatining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, respublikaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Biroq, ekologik va iqtisodiy muammolar ushbu sohaning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.