Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruv tizimining evolyutsiyasi va uning institutsional mazmunidagi o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar korporativ boshqaruvning yordamchi vositasi emas, balki uning institutsional yadrosi sifatida shakllanayotgani asoslab berildi. Direktorlar kengashining raqamli strategiya, ma’lumotlar siyosati va raqamli risklarni boshqarishdagi rolining kuchayishi alohida yoritilgan. Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarda raqamli korporativ boshqaruvni joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan institutsional, tashkiliy, texnologik va normativ-huquqiy muammolar tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli muhitda korporativ boshqaruvni takomillashtirish boshqaruv qarorlarining shaffofligi, tezkorligi va investitsion jozibadorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada O‘zbekiston sharoitida davlat ishtirokidagi korxonalar uchun moslashtirilgan raqamli korporativ boshqaruvning mualliflik yondashuvi taklif etilgan.
Korporativ madaniyat uzoq muddatli rivojlanish va korxona boshqaruvi samaradorligini oshirishga, hamda kompaniyaning missiyasi va uzoq yillik strategiyalarini belgilashga yordam beradi. Hozirgi kunda jahonda zamonaviy korporativ boshqaruv modellari bilan birga korporativ madaniyatning o’ziga xos xususiyatlari ham alohida soha sifatida o’rganilmoqda. Globallashuv jarayonining tobora tezlashishi, mamlakatlar va kompaniyalar o’rtasidagi integratsiya ko’lamining kengayishi va rivojlanishi korporativ madaniyatni kengroq va chuqurroq o’rganishni taqozo etmoqda. Shu boisdan boshqaruv sohasi olimlari tomonidan bu yo’nalishga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu tadqiqot ishida korporativ madaniyatning zamonaviy modellari va ularning ayrim jihatlari mamlakat va kompaniya miqyosida tahlil qilingan.
Ushbu natijalar umumiy moliyaviy koʻrsatkichlarni optimallashtirish va xavfni kamaytirish uchun kontekstga sezgir korporativ boshqaruv modellarini yaratish zarurligini taʼkidlaydi. Ushbu tadqiqot bir nechta boshqaruv modellari butun dunyo boʻylab banklar barqarorligiga qanday taʼsir qilishini tushunishga hissa qoʻshadi va boshqaruvni yaxshilashga intilayotgan siyosatchilar va bank menejerlariga maʼlumot beradi. Ushbu natijalar iqtisodiy samaradorlikni optimallashtirish va xavfni kamaytirish uchun korporativ boshqaruvning oʻziga xos usullariga ehtiyoj borligini taʼkidlaydi. Ushbu tadqiqot boshqaruvning turli modellari moliya institutlarining global barqarorligiga qanday taʼsir etishi haqidagi ekspert bilimlariga hissa qoʻshadi va boshqaruv tuzilmalarini yaxshilashga intilayotgan siyosatchilar va bank rahbarlariga maʼlumot beradi.
Maqolada rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli boshqaruvni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli boshqaruv faqat axborot texnologiyalarini joriy etish emas, balki qaror qabul qilish sifati, korporativ nazorat, hisobdorlik va institutsional barqarorlikni ta’minlovchi kompleks iqtisodiy boshqaruv modeli ekani asoslanadi. AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Janubiy Koreya va Singapur tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, raqamli boshqaruvning universal omillari va bosqichli transformatsiya qonuniyatlari aniqlangan. Olingan xulosalar O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli boshqaruvni milliy institutsional muhitga moslashtirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Mazkur tadqiqot XXI asrda global iqtisodiyotda muhim o‘rin tutgan innovatsion rivojlanish modellarining taqqoslama tahlilini taqdim etadi. Maqolada AQSh, Yevropa Ittifoqi, Skandinaviya mamlakatlari, Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya va Germaniyaning innovatsion tizimlariga chuqur nazar tashlanadi. Beshta asosiy model ochiq innovatsiyalar, Triple Helix, klaster innovatsiyalar, davlat boshqaruvi va korporativ strategiyalar 2024-yil statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir model o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lib, mamlakatlarning institutsional muhiti va iqtisodiy xususiyatlariga mos ravishda moslashtiriladi. Gibrid modellar va barqaror rivojlanish maqsadlarining integratsiyasi zamonaviy innovatsion strategiyalarning asosiy tendensiyalariga aylandi. O‘zbekiston uchun taqdim etilgan tavsiyalar milliy innovatsion ekotizimni rivojlantirish yo‘llarini belgilaydi.
Hozirda jahon miqyosida moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementi hisoblangan moliyaviy rejalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari keng tadqiq etilmoqda. Xususan, global pandemiya sharoitida tashqi bozorlardagi oʻzgaruvchan muhitga tez moslashuvchan moliyaviy rejalashtirish tizimi va uning strategik rejalar bilan uygʻunlashtirilgan mukammal modelini shakllantirish yuzasidan maqsadli izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementlaridan biri kompaniyalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kompleks baholashning keng koʻrsatkichlar arsenalini mujassamlashtiruvchi moliyaviy diagnostikaning tashkiliy arxitekturasini takomillashtirishga eʼtibor qaratilmoqda.