Ushbu tadqiqotda, tashqi iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlarining tahlili va yigʻilgan maʼlumotlar asosida Respublikamizning 2010-2023-yillardagi eksport hajmi dinamikasini baholandi. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qoʻllaniladigan: mutlaq oʻsish yoki kamayish, oʻsish yoki kamayish surʼati; qoʻshimcha oʻsish yoki kamayish surʼati bir foizli qoʻshimcha oʻsish yoki kamayishni mutlaq qiymatining statistik tahlil koʻrsatkichlaridan foydalandi. Eksport dinamika qatorlarini muntazam ravishda tahlil qilish qilish zarurati kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olishga yordam beradi.
Ушбу мақолада векторли авторегрессиялар асосида экспорт динамикасини моделлаштириш бўйича илмий адабиётларни тизимли шарҳи, шунингдек, эконометрик моделлаштириш натижалари ва хатоларни тузатишнинг векторли модели асосида Ўзбекистон Республикаси экспорт динамикасининг сценар прогнозлари келтирилган. Хулоса қисмида ташқи рисклар ва ички макроиқтисодий омилларни ҳисобга олган ҳолда республика экспорти ҳажмини оширишни таъминлаш бўйича тавсиялар берилган
Xizmatlar eksporti Markaziy Osiyo davlatlarining eksport salohiyatini oshirish va eksport portfelini diversifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Maqolada 2000-2021 yillarga moʻljallangan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonning statistik maʼlumotlaridan foydalanish va belgilangan effektlar, tasodifiy effektlar, umumlashtirilgan OLS va Driscoll-Kraay standart xatolari bilan belgilangan effektlar usullaridan foydalanish asosida xizmatlar eksportini rivojlantirishning asosiy omillarining ekonometrik tahlili natijalari bayon qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, AKT indeksi va UNCTADning “Xususiy sektor” indikatori aholi jon boshiga YaIM bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mamlakatlari xizmatlari eksporti hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardir. Aksincha, aholi soni tahlil qilinayotgan mamlakatlarning xizmatlar eksporti hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Olingan natijalar asosida Markaziy Osiyo davlatlaridan anʼanaviy va zamonaviy xizmatlar eksportini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar keltirildi.
Ushbu tadqiqot ishida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan 2018-2023-yillarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va dinamikasi yoritilgan. Shuningdek “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichlar taqqoslangan. Emperik tadqiqotlar asosida to‘qimachilik korxonalarining eksport geografiyasi yillar va mamlakatlar kesimida tahlil qilingan. Iqtisodiy samaradorlik tushinchasining nazariy masalalari yoritilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorida tovar-moddiy resurslar harakatining 2015–2024 yillar davomidagi holati, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va tashqi savdo tarkibi qiyosiy hamda statistik tahlil usullari orqali yoritildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tovar bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni baholash, logistika va import qaramligi bilan bog'liq mavjud muammolarni aniqlash hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilayotgan davrda mamlakat YaIM hajmi 72.6% ga, tashqi savdo aylanmasi esa 177% ga oshgan. Shuningdek, raqamli savdo hajmi yillik o‘rtacha 40.2% ga o‘sib, tovar bozorining eng istiqbolli segmentiga aylandi. Shu bilan birga, eksport tarkibida xom ashyo ulushining yuqoriligi, logistika xarajatlarining kattaligi va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy disparitet (Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston o‘rtasida 6.3 baravarlik farq) kabi tizimli muammolar saqlanib qoldi. Tadqiqot xulosasida import o‘rnini bosish siyosatini takomillashtirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va mintaqaviy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Ушбу мақолада импорт операцияларида солиқларнинг аҳамияти келтирилган, шу билан биргаликда давлат бюджети даромадларида билвосита солиқлар суммаси, мамлакатга товарларни олиб киришнинг солиққа тортиш тартиби, мамлакатда импорт операциялари амалга оширилганда солиқ солиш ва божхона режими тартиби, мамлакатнинг йирик ҳамкор давлатлар билан импорт динамикаси ва импорт ҳажми ўрганилган. Шунингдек, импорт операцияларида солиқларнинг тутган ўрнини ўрганишга доир илмий мунозаралар юритилган ва таклифлар берилган.