Ushbu maqola jahon valyuta bozori, uning tuzilishi, asosiy ishtirokchilari va moliyaviy jarayonlarning globallashuvi sharoitidagi zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Valyuta bozorining faoliyat mexanizmi, yetakchi moliyaviy institutlarning roli, shuningdek, makroiqtisodiy omillar va xalqaro integratsiya jarayonlarining valyuta operatsiyalari dinamikasiga ta’siri alohida tahlil qilingan. O‘tkazilgan tahlil asosida valyuta bozorining asosiy rivojlanish tendensiyalari aniqlangan hamda uning barqarorligiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillar belgilangan. Valyuta munosabatlari barqarorligini ta’minlashda xalqaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarining ortib borayotgan ahamiyati haqida xulosa qilingan.
Maqolada valyuta operatsiyalarining nazariy bayoni hamda ularning mamlakat iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’siri ko'rib chiqiladi. O’zbekiston valyuta bozorining asosiy muammolari chet el valyutasiga talabning taklifdan yuqoriligi, milliy valyutaning barqarorligi va boshqalar hisoblanadi. O’zbekistonda valyuta operatsiyalarining hozirgi holati o’rganilgan hamda takomillashtirish maqsadida takliflar bildirilgan.
Ушбу илмий мақолада мамлакатимизда валюта курсига таъсир этувчи омиллар таҳлил қилинган. Шунингдек, Ўзбекистон мисолида миллий валюта курси тебранишининг ҳамда ички иқтисодиётда инфляция даражасининг 2026 йилга қадар прогноз сценарийлари амалга оширилди. Валюта сиёсатини либераллаштиришдан кейинги даврдан, яъни 2017 йил октябрь ойидан кейинги давр статистикалари асосида прогноз қилинди
Maqolada eksport operatsiyalarini ragʻbatlantirish, importni tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar, qonunlar bilan tartibga solinishi, innovatsion faoliyat vа umumаn оlgаndа tаshqi sаvdо muvоzаnаtini taʼminlаsh mаqsаdidа аmаlgа оshirilgаn chоrа-tаdbirlаr, yangi joriy etilgan qonunlar, oʻzgartirishlar va ularning ahamiyati ko‘rib chiqilgan.
Maqola agrar sektor korxonalarida eksport operatsiyalarining buxgalteriya va moliyaviy hisobi bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hisobini yuritishda milliy me’yorlar (BHMS/PBU)ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari IFRS, xususan, IFRS 15 “Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tushum” bilan integratsiya qilish zarurati asoslab berilgan. Eksport operatsiyalarini hisobga olishning yagona uslubiy modelini, jumladan, tushumni tan olish, valyuta hisobi va kurs farqlari hisobini joriy etish hisobotlar shaffofligini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarning buzib ko‘rsatilishi xavfini kamaytirish hamda agrar korxonalarning investitsion jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan.