Maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi korxonalarda majburiyatlar boʻyicha hisob siyosatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Muallif tomonidan hisob siyosatining 10 asosiy boʻlimini (umumiy qoidalar, tan olish, baholash, tasniflash, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, qayta baholash, oshkor qilish, riskni boshqarish, ichki nazorat) hamda AKT sohasiga xos 5 maxsus boʻlimni (litsenziya majburiyatlari, raqamli xizmatlar, abonent zararlari, tarmoq modernizatsiyasi, xalqaro rouming) oʻz ichiga olgan namunaviy shakl ishlab chiqilgan.
Maqolada temir yo‘l transporti korxonalarida moliyaviy hisobni tuzish, hisob siyosatini shakllantirish, ma’lumotlarni hujjatlashtirish hamda moliyaviy hisobotlarda aks ettirish va xalqaro standartlarga muvofiq yuritishdan iboratdir.
Mazkur maqolada temir yoʻl transporti korxonalari faoliyatida hisob siyosatini qoʻllashning ahamiyati tadqiq qilingan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada korxonalarda soliq to‘lovlari bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalarning hisobini yuritish tizimini takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. Soliq imtiyozlarining turli shakllari, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda korxona faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, imtiyozlar hisobini yuritishda yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud me’yoriy-huquqiy asoslar va axborot tizimlari bilan integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada ilg‘or xalqaro tajribalarga asoslangan taklif va tavsiyalar orqali soliq preferensiyalarining shaffof va samarali hisobini yuritish bo‘yicha takomillashgan yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada islomiy moliya xizmatlaridan biri bo'lgan lizing vositasini qo'llash va o'zgartirish ko'rib chiqiladi. Lizing bitimini moliyalashtirishning muhim xususiyatlarini va tegishli hisob siyosati va tartiblarini tavsiflaydi va tushuntiradi. Xususan, lizingdan islomiy moliya vositasi sifatida foydalanishda lizing shartnomasida aktivning mavjudligi, barcha tavsiflarning to‘liq ko‘rsatilishi va shartnoma shartlarining to‘liq bajarilishi muhim jihatlardan ekani alohida ta’kidlangan. Xulosa qilib aytganda, ushbu turdagi kelishuv bilan adolatli renta miqdori qarama-qarshi qiymatlarni almashish natijasida asossiz boyishga olib kelmasligi asoslanadi.
Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik investitsiyalarni hisobga olish tizimini takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. Amaldagi buxgalteriya schyotlar tizimida ekologik xarajatlar umumiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida aks ettirilishi ularni nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatlarini cheklashi aniqlangan. Shu munosabat bilan, 8540–“Ekologik investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish” schyoti va unga bog‘liq 8541, 8542, 8543 subhisoblarni joriy etish taklif etildi. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bilan milliy hisob siyosati qiyoslab chiqildi hamda amaliy misollar asosida yangi buxgalteriya modelining samaradorligi asoslab berildi.
Ushbu maqolada nomoddiy aktivlarning ta’rifi, ularni dastlabki tan olish va baholash, keyingi baholashlar, amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llash, hisobdan chiqarish, nomoddiy aktivlar hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq aks ettirish hamda moliyaviy hisobotning tegishli moddalarida ochib berish jihatlariga e’tibor qaratilgan.