Marketing texnologiyalarini tahlil qilish asosida sotishni boshqarish tizimini takomillashtirish zamonaviy biznes muhitida o‘z o‘rnini topgan muhim jarayonlardan biridir. Har bir kompaniya o‘z mahsulotlarini yoki xizmatlarini muvaffaqiyatli sotish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqishi zarur. Bunday strategiyalarni ishlab chiqishda marketing texnologiyalarining tahlil qilinishi va ulardan foydalanilishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada marketing texnologiyalarining sotishni boshqarish tizimiga ta'siri, ularni qanday tahlil qilish va natijalarini qanday amalga oshirish mumkinligi haqida ma'lumotlar berilgan.
Maqolada Efiopiya mamlakatida asalarichilik, bu sohadagi mavjud imkoniyatlar, asalarichilik mahsulotlari, bozor aloqalari va asalarichilik muammolari ko‘rib chiqilgan. Efiopiyada asalarichilik amaliyoti, marketing tizimi, asalarichilik eksporti, imkoniyatlar va cheklovlar mavjudligi o‘rganilgan. O‘rganilgan ma’lumotlar asosida muallifning qarashlari bayon etilgan.
Maqolada raqamli iqtisodiyot va tibbiy xizmatlar marketingida raqamli biznesdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari keltirilgan. Raqamli iqtisodiyot, tibbiy xizmatlar marketingida sog‘liqni saqlash tizimi, xususan meditsina xizmatlari bozorida raqobat kurashini ta’minlash orqali meditsina xizmati sifatini oshirish maqsadida mijoz (bemor)larni o‘rganish tendensiyalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda har bir tendensiya bo‘yicha tahlilni o‘tkazishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullar keltirilgan.
Mazkur tadqiqotda raqamli marketingning O‘zbekistonda aqlli turizm rivojlanishini qanday tezlashtirishi tahlil qilinadi. Mamlakat turistik oqimlarning tez o‘sishini namoyon etayotgan va xalqaro maydonda o‘z nufuzini mustahkamlab borayotgan bo‘lsa-da, turistik yo‘nalishlarni an’anaviy targ‘ib qilishdan ma’lumotlarga asoslangan aqlli turizm boshqaruviga o‘tish jarayoni hali to‘liq yakunlanmagan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston aqlli turizmni rivojlantirish uchun istiqbolli asosga ega: 2024-yilda kiruvchi turistik safarlar soni 7,96 mln ga yetgan, 2025-yil yanvar holatiga internetdan foydalanish darajasi 89,0% ni tashkil etgan, ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari soni esa 11,7 mln ga yetgan. Biroq talab tuzilmasi muhim strategik muammoni ochib beradi: 2024-yilda kiruvchi safarlarning 76,7% i qarindoshlarni ziyorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, dam olish va rekreatsiya maqsadidagi safarlar ulushi atigi 14,9% ni tashkil etgan. Ushbu tafovut shuni anglatadiki, turistik keluvchilar sonining sezilarli qismi hali yuqori daromad keltiruvchi, turistik destinatsiyalarga yo‘naltirilgan turizmga to‘liq transformatsiya qilinmagan. Tahlil shuningdek rasmiy portallar, elektron viza tizimi, onlayn turistik agentliklar (OTA) bilan hamkorlik, mobil cashback vositalari va Eaten.uz kabi maxsus platformalarni o‘z ichiga olgan shakllanib borayotgan raqamli ekotizimni ham aniqlaydi.
Ushbu maqolada tikuv-trikotaj korxonalari boshqaruv tizimida marketing natijadorligini boshqarishning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tarkibiy tuzilmani takomillashtirish masalasi o‘rganilgan