Ushbu maqolada O‘zbekistonda rangli metallurgiya sanoatida loyiha boshqaruvi mexanizmlarining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda loyihalarni samarali boshqarishning asosiy instrumentlari, ularning sanoat rivojiga ta’siri, hamda amaliy misollar orqali ularning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati misolida loyiha boshqaruvining amaldagi jihatlari va natijalari ham tahlil etilgan. Taqdim etilgan taklif va tavsiyalar rangli metallurgiya sohasidagi loyiha faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasida 2019-yildan joriy etilgan vakolatli iqtisodiy operator (VIO) institutining muhim moliyaviy imtiyozlaridan biri – bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash mexanizmidan foydalanish dinamikasini empirik jihatdan oʻrganadi. 2021-2025-yillar davomida 96 ta VIO maqomiga ega (faol) korxonaning bojxona yuk deklaratsiyalaridagi ma’lumotlari asosida oʻtkazilgan tahlil shuni koʻrsatdiki, kechiktirib toʻlangan bojxona toʻlovlari summasi ulushi 2021-yildagi 9,95 foizdan 2023-yilga kelib 33,66 foizgacha oʻsdi, soʻngra 2025-yilda 24,51 foizda barqarorlashdi. Toifaviy kesimda yaqqol tafovut aniqlandi: I toifali firmalar 9,9%, yuqori toifali firmalar (I va II, II, III toifalar) esa 28,9% ulushda kechiktirib toʻlash imtiyozidan foydalanmoqda. Tadqiqot VIO maqomining vaqt va yoʻlak samarasi bilan bir qatorda muhim moliyaviy kapital boshqaruvi vositasi ekanini empirik jihatdan asoslaydi hamda VIO institutining amaliy samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq takliflarni ilgari suradi.
Mazkur maqolada iqtisodiyot tarmoqlarining raqamli transformatsiyasi jarayonida generativ sun’iy intellektning o‘rni, xususan, uni joriy etish samaradorligini baholash hamda texnologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda generativ sun’iy intellekt ishlab chiqarish, moliya, logistika, davlat boshqaruvi va boshqa tarmoqlarda mehnat unumdorligini oshirish, operatsion tezlikni jadallashtirish, qaror qabul qilish sifatini yaxshilash hamda innovatsion salohiyatni kuchaytirishda strategik vosita sifatida namoyon bo‘layotgani asoslab berilgan. Shu bilan birga, uning afzalliklari bilan bir qatorda ma’lumotlar sizib chiqishi, modeldan noto‘g‘ri foydalanish, shaxsiy daxlsizlik buzilishi, ishonchsiz natijalar va kiberxavfsizlikka oid zaifliklar kabi jiddiy texnologik xatarlar ham mavjudligi ta’kidlangan. Tadqiqot OECD, Jahon banki, NIST hamda tarmoqqa oid ochiq manbali ilmiy va institutsional adabiyotlarning sifatli qiyosiy tahliliga asoslangan. Natijalar generativ sun’iy intellekt samaradorligini iqtisodiy ko‘rsatkichlar va texnologik xavfsizlik mezonlarini birlashtirgan ikki tomonlama yondashuv asosida baholash zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, ushbu texnologiyani barqaror joriy etish uchun nafaqat raqamli infratuzilma va tashkiliy moslashuv, balki kuchli boshqaruv mexanizmlari, inson nazorati hamda uzluksiz risk monitoringi talab etilishi qayd etilgan.
Korporativ ijtimoiy mas'uliyat (KSM) strategik yondashuv bo'lib, unda kompaniyalar axloqiy me'yorlarga rioya qilish va turli manfaatdor tomonlarga g'amxo'rlik qilish orqali jamiyat va atrof-muhitga ta'sirini boshqarishga intiladi. Bugungi iqtisodiyotda KSM boshqaruvi biznes muvaffaqiyati va barqarorligini belgilovchi asosiy omilga aylanib bormoqda, ayniqsa sanoat korxonalari uchun. Ushbu maqolada KSM boshqaruvining asosiy jihatlari va uning sanoat korxonalari rivojlanishiga ta'siri ko'rib chiqiladi, shuningdek, turli mintaqalarda KSMni muvaffaqiyatli amalga oshirish misollari keltirilgan.
Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish tizimini barqaror boshqarish strategiyasi sifatida moliyaviy monitoringning mumkin bo'lgan natijalari tahlili, bugungi kun talablarini inobatga olgan holda oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish jarayonini rivojlantirishga yordam berish yo'llari ko’rib chiqildi