Ushbu tadqiqot 2000-yildan 2020-yilgacha 20 ta rivojlanayotgan bozorda savdo ochiqligi iqtisodiy rivojlanishga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. U mamlakatlarni savdo siyosati, ochiqlik darajasi va iqtisodiy o‘sish natijalari asosida taqqoslaydi. Tadqiqot mintaqaviy farqlarni ko‘rsatib o‘tadi va bunda Osiyo iqtisodiyoti Afrika va Lotin Amerikasidagi bozorlarga qaraganda yaxshiroq natijalarni ko‘rsatganligini keltirib o‘tadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, savdo ochiqligi har bir mamlakat ehtiyojlariga moslashtirilgan kuchli institutlar va siyosatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, rivojlanishga samarali turtki berishi mumkin.
Ushbu maqola O‘zbekistonda xalqaro turistlar soniga ta’sir etuvchi asosiy omillarni va turizmning iqtisodiy o‘sishga hissasini empirik jihatdan tadqiq etadi. 2012–2023 yillarga oid yillik ma’lumotlar asosida Pesaran, Shin va Smit (2001) tomonidan ishlab chiqilgan autoregression taqsimlanmagan kechikish (ARDL) modeli qo‘llanilgan. Kointegratsiya uchun F-statistika (7,701) 5% ahamiyat darajasida yuqori kritik chegaradan (3,79) oshib ketgani uzoq muddatli munosabatning mavjudligini tasdiqlamoqda. Xato-korreksiya koeffitsienti (−0,6424) muvozanatdan og‘ishning har yili taxminan 64% tuzatilishini ko‘rsatadi. Uzoq muddatda turistlar sonining YaIMga ta’sir elastikligi 0,0075 bo’lib, bu turizm-o‘sish gipotezasini qo‘llab-quvvatlaydi. Savdo ochiqligi va valyuta kursi iqtisodiy o‘sishning eng muhim omillari hisoblanadi. Maqola O‘zbekiston uchun empirik adabiyotlarga hissa qo‘shib, meros turizmi, infratuzilma va valyuta kursi barqarorligi bo‘yicha siyosiy tavsiyalar taqdim etadi.