Ushbu maqolada makroiqtisodiy tahlillarda qo’llaniladigan DSGE modelinig ta’rifi, uning strukturasi, foydalanish shartlari, hamda uning tenglamalari haqida tahlilimizni olib boramiz. Qo’shimcha ravishda, ushbu modelning boshqa modellardan farqi va uni o’rganishga hissa qo’shgan mualliflarning ushbu model bo’yicha fikrlari bilan ham ushbu maqola davomida tanishamiz.
Ushbu maqolada o‘zini o‘zi tashkil etuvchi savdo tizimida muvozanat holatini boshqarishda investitsiya oqimining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiya oqimining iqtisodiy tizimlarga ta’siri, uning turli shakllari hamda savdo tizimining dinamikasiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, tizimga ta’sir etuvchi uzluksiz va diskret omillar sinflashtirilib, stoxastik differensial tenglama orqali model ishlab chiqilgan. Hamilton–Jakobi–Bellman tenglamasi asosida investitsiya oqimining optimal qiymatini aniqlash metodologiyasi taklif etilgan. Olingan natijalar iqtisodiy tizimlarni prognozlash, resurslarni optimal taqsimlash va bozor strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqamli texnologiyalarning jadal o‘sishi yetkazib berish xizmatlarining jiddiy raqobat muhitida samaradorligini oshirish va logistik jarayonlarni optimallashtirish kabi muammolarni keltirib chiqardi. Ushbu tadqiqot O‘zbekistondagi yetkazib berish xizmatlari bo‘yicha yetakchi bo‘lgan kompaniya biznes jarayonlarining tahliliga qaratilgan. Tadbirkorlik korxonasi yuqori talab va kuryerlarni taqsimlashdagi samarasizlik tufayli mijozlar talablarini qondirishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Tadqiqotda kuryerlikdan foydalanish, kutish vaqtlari va yetkazib berish samaradorligini tahlil qilish uchun Diskret Hodisalarni Simulyatsiyasi (DHS) nazariyasi qo‘llanildi. Model turli operatsion senariylarni baholash uchun tumanga asoslanga klasterlash, navbat nazariyasi va stoxastik simulyatsion modellash, modelni validatsiyalash va natijalarni chuqur tahlil qilishni o‘z ichiga olgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, integratsiyalashgan modellar etkazib berish vaqtlarini 1,6 baravar qisqartiradi, o‘tkazish qobiliyatini oshiradi va shahar doirasida yetkazib berishni optimallashtirish uchun harakatga asoslangan strategiyalarni taqdim etadi. Natijalar akademik adabiyotga va rivojlanayotgan bozorlardagi boshqaruv amaliyotiga hissa qo‘shadi.