Xitoy dunyodagi eng yetakchi eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, eksportni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning eng rivojlangan tizimiga ega mamlakat sifatida ajralib turadi. Ushbu tizimning markazida Xitoy Eksport-import banki, Xitoy Taraqqiyot banki, davlat eksport-kredit sug‘urta agentligi Sinosure, shuningdek, byudjet va soliq rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud. Maqolada Xitoyning eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha institutsional tuzilmasi va mexanizmlari tahlil qilinadi hamda ushbu modelning yuqori samaradorligini belgilovchi omillar aniqlanadi.
Tadqiqotda Xitoyning davlat eksport siyosatining asosiy elementlari normativ-huquqiy tartibga solish, kreditlash, sug‘urtalash, subsidiyalash instrumentlari hamda tashqi savdo jarayonlarining raqamlashtirilishi kompleks tarzda yoritilgan.
Ushbu maqolada 38 OECD mamlakatining rasmiy ma’lumotlari asosida daromad diversifikatsiyasi koeffitsiyenti (RDC) va moliyaviy mustaqillik o‘rtasidagi bog‘liqlik empirik tahlil etildi. RDC ko‘rsatkichlari mamlakatlar bo‘yicha sezilarli farqlanishi, yuqori diversifikatsiyalashgan tizimlar 2008–2012 yillar moliyaviy inqirozini uch baravar kam zarar bilan yengib o‘tganligi isbotlangan. Xalqaro taqqoslama tahlil asosida O‘zbekiston OTMlari uchun RDC monitoringini joriy etish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan
Maqolada yashirin iqtisodiyotni kamaytirish va legallashtirishda fiskal boshqaruv vositalarining metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. Soliq siyosatini maqbullashtirish, fiskal raqamlashtirishni keng joriy etish va byudjet jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash norasmiy faoliyatni rasmiylashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida baholanadi. Xalqaro tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston sharoitiga mos ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.