Maqolada tijorat banklarida inqiroz yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank inqirozi kredit portfeli sifati, likvidlik, kapital yetarliligi, depozitlar barqarorligi, foiz stavkasi va valyuta risklari bilan bevosita bog‘liq ekani asoslab beriladi. O‘zbekiston bank tizimi bo‘yicha 2024-2025-yillar statistik ma’lumotlari asosida muammoli kreditlar, aktivlar, depozitlar va kapital ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Tahlil natijalari tijorat banklarida inqiroz xavfini baholashda alohida ko‘rsatkichlarga emas, balki kompleks risk-menejment yondashuviga tayanish zarurligini ko‘rsatadi
Maqola investitsiya jarayonining neoklassik nazariyasiga bag‘ishlangan. Maqolada neoklassik nazariya vakillari savdoning foyda olishdagi ahamiyati haqida qanday qilib kamroq tanqidiy fikrlar bildirganliklari muhokama qilinadi. Ular bu o‘zaro manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo bu atamaning an’anaviy ma’nosida ekvivalent emas, deb ishonishgan, bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarga olingan tovarga nisbatan yuqori subyektiv baho berish orqali foyda olish imkoni yaratilishi bo‘yicha fikrlar keltirilgan.
Ushbu maqolada investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlarining roli va uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Hozirgi kunda banklar investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda asosiy moliyaviy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq moliyaviy tizimdagi turli muammolar, risklarni baholashdagi qiyinchiliklar, garovga bo‘lgan talabning yuqoriligi va uzoq muddatli resurslar yetishmasligi bank kreditlaridan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Maqolada investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha o‘zgarishi, bank kreditlarining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratish dinamikasi va tadbirkorlik faoliyatiga ajratilgan kreditlar ulushi solishtirma jadvallar orqali tahlillar olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bank kreditlarining investitsiya jarayonidagi ishtirokini kengaytirish va investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlarining rolini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.